URGENT: Ro%CA%BBzimatxon Isaboyev - What You Need To Know
Roʻzimatxon Isaboyev (1885, Namangan – 1963.3.11) – sozanda (tanbur, gʻijjak, chang), cholgʻu asboblar ustasi, pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1940).
Fargʻona vodiysida Jalolxon hofizdan tanbur, gʻijjak ijro etishni va cholgʻu asboblar yasashni, Ramazon Oxundan chang ijro etishni, Buxoroda Otajalol Nosirovdan Shashmaqomning ayrim yoʻllarini, Samarqandda Hojiabdulaziz Abdurasulovdan „Samarqand ushshogʻi“, „Guluzorim“, „Karimqulbegi“ni oʻzlashtirgan. 1920-yillargacha temirchilik va sozandalik bilan shugʻullangan. Namanganda xalq sozandalari ansambli (1921-1925), Andijon (1925-1927) va Namanganda (1928-1931) musiqa toʻgaraklari va Namangan teatrida (1931-1952) musiqa rahbari boʻlib faoliyat yuritgan. Namangan musiqa maktabi (keyinchalik bilim yurti) xalq cholgʻu asboblari boʻlimida pedagog (1947-1963). Namanganda qoʻyilgan „Halima“ (F. Zafariy, 1923), „Farhod va Shirin“, „Layli va Majnun“ (Hurshid, 1934, 1935) va boshqa spektakllarga xalq kuylaridan tanlagan. „Kurash“, „Choʻli iroq“, „Qoʻqon ushshogʻi“, „Shahnozi Gulyor“ kuylarini mahorat bilan ijro etgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Oʻzbekistonlik shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |