EXCLUSIVE: Repeat After Me (Interlude) - Complete Analysis

Vikipediya, erkin ensiklopediya
„Repeat After Me (Interlude)“
The Weeknd qoʻshigʻi
After Hours albomidan
Chiqarilgan sanasi 2020-yil 20-mart (2020-03-20)
Studiya Republic Studios (Los-Anjeles, Kaliforniya)
Janr R&B
Davomiyligi 3:15
Leybl
Qoʻshiq muallif(lar)i
Prodyuser(lar)
  • Kevin Parker
  • OPN
Audio
"Repeat After Me (Interlude)" YouTubeda

„Repeat After Me (Interlude)“ – kanadalik qoʻshiqchi va qoʻshiqlar muallifi The Weekndning, toʻrtinchi studiyaviy albomi – After Hours tarkibiga kiruvchi qoʻshigʻi boʻlib, avstraliyalik musiqachi Kevin Parkerning vokallari ham mavjud. Qoʻshiq The Weeknd, shuningdek, trek ustida prodyuser sifatida ishlagan Oneohtrix Point Never va Kevin Parker tomonidan yozilgan. Qoʻshiq 2020-yil 20-mart kuni albomning boshqa treklari bilan birga taqdim etilgan.

Tarixi va kompozitsiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Technology news and reviews image
Avstraliyalik musiqachi Kevin Parker qo‘shiq boshida yashirin vokallari bilan ishtirok etgan.

The Weeknd 2020-yil 17-mart kuni After Hours albomining treklar roʻyxatini eʼlon qildi va „Repeat After Me (Interlude)“ ushbu roʻyxatda 12-qoʻshiq sifatida koʻrsatilgan edi[1]. Ushbu trek 2020-yil 20-mart kuni, albomning qolgan qismi bilan birga rasman chiqarilgan.

Albomning dastlabki oʻn bir trekidan keyin va yakunlovchi ikkita qorongʻu ruhdagi trek (yaʼni, „After Hours“ hamda „Until I Bleed Out“) orasidagi oraliq interlyudiya sifatida joylashtirilgan ushbu qoʻshiq asosan R&B janrida boʻlib, unda trap elementlari ham mavjud[2]. Pitchfork nashri „Repeat After Me“ qoʻshigʻi matnini qisqacha „sen uni emas, meni sev“ deb taʼriflaydi[3]. Rolling Stone uni „koinot ohanglari bilan toʻyingan, ‘bubble-progʻ uslubidagi klaviaturada chalinuvchi kuchli ballada“ deb tasvirlaydi[4]. Qoʻshiq kirish qismida trekning prodyuserlaridan biri hisoblanadigan avstraliyalik musiqachi Kevin Parker tomonidan kuylangan tushunarsiz, mujmal vokallar eshitiladi[5].

Tanqidiy qabul

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tanqidchilar qoʻshiq chiqishi bilan uning ohangini maqtashdi. Billboard „Repeat After Me (Interlude)“ qoʻshigʻini After Hours albomidagi eng yaxshi 11-chi qoʻshiq deb baholadi. Nashr „you donʼt love him if you’re thinking of me“ („agar meni oʻylayotgan boʻlsang, demak uni sevmaysan“) kabi misralarni „tweetbop“ jumlalar deb atadi. Yana taʼkidlanishicha, Tesfayening musiqasida baʼzida trap uslubi tayanch boʻlib koʻrinishi mumkin, biroq yengil va eksperimental tovushlar bilan hip-hopga oʻtishi yanada yoqimli qabul qilinadi[6]. Qoʻshiq haqidagi sharhida Pitchfork uning soʻzlarini „The Weekndga xos“ – „sen meni sevasan, uni emas“ deya taʼriflagan va Tesfaye vokalining nozikligi va soʻzlari „melanxolik taʼsir“ qoldirishini alohida qayd etgan. Shuningdek, Pitchfork Parkerning prodyuserlik ishlarini ham maqtagan va qoʻshiqni „Tame Impala uslubidagi elektron nafis chizgilar bilan toʻla“ deb taʼriflagan[3].

MTV „Repeat After Me (Interlude)“ni Parkerning yettinchi eng yaxshi hamkorligi deb atagan, qoʻshiqni „Tame Impala uslubining namunasi“ deb taʼriflab, Tesfayening vokali, instrumental bilan yoqimli tarzda qorishib ketganligini taʼkidlagan[5].

Tijoriy muvaffaqiyat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Albomdagi boshqa qoʻshiqlar bilan birga chiqarilganidan soʻng, „Repeat After Me (Interlude)“ 2020-yil 4-aprel sanasidagi Billboard Hot 100 chartida 32-oʻrinni egalladi. Bu oʻsha haftada After Hours albomidagi eng past natija koʻrsatgan ikkinchi qoʻshiq boʻldi, undan pastki oʻrinda esa yakunlovchi trek „Until I Bleed Out“ joy olgan[7].

  • The Weeknd – vokal, qoʻshiq muallifi
  • Kevin Parker – vokal, qoʻshiq muallifi, ishlab chiqarish
  • Daniel Lopatin – qoʻshiq muallifi, ishlab chiqarish
  • Shin Kamiyama – muhandis
  • Matt Cohn – muhandis, miksksing
  • Dave Kutch – mastering
  • Kevin Peterson – mastering
Chart (2020) Eng yuqori
oʻrin
AQSH bayrogʻi AQSH (Billboard Hot 100)[8] 69
AQSH bayrogʻi AQSH (Hot R&B/Hip-Hop Songs)[9] 32
AQSH bayrogʻi AQSH Rolling Stone Top 100[10] 31
Birlashgan Qirollik Birlashgan Qirollik UK Streaming (OCC)[11] 96
Fransiya bayrogʻi Fransiya (SNEP)[12] 130
Kanada bayrogʻi Kanada (Canadian Hot 100)[13] 62
Litva bayrogʻi Litva (AGATA)[14] 49
Portugaliya bayrogʻi Portugaliya (AFP)[15] 81
Shvetsiya bayrogʻi Shvetsiya Heatseeker (Sverigetopplistan)[16] 8

Chiqarilish tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Hudud Sana Format Leybl(lar) Man.
Har xil 2020-yil 20-mart
  • raqamli yuklab olish
  • striming
[17]
  1. „The Weeknd shares tracklist for new album 'After Hours'“. NME (2020-yil 18-mart).
  2. Mamo, Heran (March 20, 2020). „What's Your Favorite Song From The Weeknd's 'After Hours'? Vote!“. Billboard.
  3. 3,0 3,1 „The Weeknd: "Repeat After Me (Interlude)" Track Review“. Pitchfork.
  4. Dolan, Jon (March 23, 2020). „The Weeknd Is Alone Again, Naturally, on 'After Hours'“. Rolling Stone.
  5. 5,0 5,1 „Tame Impala Best Collaborations, Ranked“. MTV.
  6. „Every Song Ranked on The Weeknd's After Hours: Critic's Picks“. Billboard. March 20, 2020.
  7. Zellener, Xander (March 30, 2020). „Every Song From The Weeknd's After Hours Is on the Hot 100“. Billboard.
  8. "The Weeknd Chart History (Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2022-yil 19-may.
  9. "The Weeknd Chart History (Hot R&B/Hip-Hop Songs)". Billboard. Qaraldi: 2022-yil 19-may.
  10. „Top 100 Songs“. Rolling Stone. 2021-10-22da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: May 19, 2020.
  11. "Official Audio Streaming Chart Top 100". Official Charts Company. Qaraldi: 2022-yil 19-may.
  12. "The Weeknd – Repeat After Me" (fransuzcha). Les classement single. Qaraldi: 2022-yil 19-may.
  13. "The Weeknd Chart History (Canadian Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2022-yil 19-may.
  14. „2020 13-os savaitės klausomiausi (TOP 100)“ (lt). AGATA. Qaraldi: 2022-yil 21-may.
  15. "The Weeknd – Escape from LA". AFP Top 100 Singles. Qaraldi: 2022-yil 19-may.
  16. „Veckolista Heatseeker, vecka 13“. Sverigetopplistan. Qaraldi: 2022-yil 19-may.
  17. „Listen to the Weeknd's New Album After Hours“. Pitchfork (2020-yil 20-mart).