TRENDING: Ras Rakan | Latest Update

Koordinatalari: 26°11′1″N 51°12′56″E / 26.18361°N 51.21556°E / 26.18361; 51.21556
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Technology news and reviews image
2007-yilda Ras Rakanning sunʼiy yoʻldosh tasvirlari.
Technology news and reviews image
James Silk Buckingham tomonidan 1829-yilgi xaritada tasvirlangan Ras Rakanning eng qadimgi koʻrinishlaridan biri.

Ras Rakan (arabcha: رأس راكان‎) Qatar yarim orolining eng shimoliy nuqtasi, Ash-Shamalda joylashgan[1]. U Jazirat Ras Rakan deb nomlangan orolning shimoliy-gʻarbiy nuqtasi hisoblanadi. Ammo bu orol va materik orasidagi kanal qayiqlar uchun ochiq emasligi sababli, Jazirat Ras Rakan burunning shimoliy chekkasini tashkil qiladi[2].

Orol qirgʻoqdan qariyb 1,5 mil uzoqlikda joylashgan boʻlib, unga past suvdan oʻtish yoʻli orqali borish mumkin. Qatarning eng shimoliy shahri Ar-Ru’ays oroldan 2,5 mil janubi-sharqda joylashgan[2][3].

Jazirat Ras Rakkan juda pastlikdagi, T shaklidagi orolcha boʻlib, orol yuzasi oʻt-oʻlanlar bilan qoplangan[2]. Uning janubiy tomonida mayda mangrov oʻsimligi uchraydi[4]. Orolning uzunligi sharqdan gʻarbga deyarli 2 milyaga yetadi va juda tor hisoblanadi. T harfining yuqori qismi, uning gʻarbiy uchida boʻlib, uzunligi 1 milya[2].

Gidrologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yilda Qatar Statistika boshqarmasi tomonidan Ras Rakan qirgʻoq suvlari boʻylab oʻtkazilgan tadqiqotda uning oʻrtacha chuqurligi 3.5 metr (11 ft) ekanligi aniqlangan va oroldagi oʻrtacha pH darajasi 7,74 ga teng. Bundan tashqari, suvning shoʻrligi 48,18 psu, oʻrtacha harorati 19,61° C va erigan kislorod miqdori 4,86 mg / l ga teng[5].

  1. Bird, Eric. Encyclopedia of the World's Coastal Landforms. Springer, 2010 — 1038-bet. ISBN 978-1402086380. 
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „'Gazetteer of Arabia Vol. II' [1557 (636/688)“]. Qatar Digital Library (1917). Qaraldi: 2015-yil 31-dekabr. This article incorporates text from this source, which is in the public domain.
  3. „‘Persian Gulf pilot comprising the Persian Gulf and its approaches from Ras al Hadd, in the south-west, to Cape Monze, in the east.’ [132v (269/404)“]. Qatar Digital Library (1932). Qaraldi: 2015-yil 31-dekabr. This article incorporates text from this source, which is in the public domain.
  4. The Persian Gulf pilot: comprising the Persian Gulf, Gulf of Omán; and Makran coast. Great Britain: Hydrographic Dept, 1890 — 127-bet. 
  5. „Qatar Infrastructure Statistics“. Qatar Statistics Authority (2012-yil may). 2020-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-mart.

26°11′1″N 51°12′56″E / 26.18361°N 51.21556°E / 26.18361; 51.2155626°11′1″N 51°12′56″E / 26.18361°N 51.21556°E / 26.18361; 51.21556{{#coordinates:}}: cannot have more than one primary tag per page