ANNOUNCED: Rafis Gilmanov | Tech Insider

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Rafis Gilmanov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Rafis Sagitovich Gilmanov
Tavallud sanasi 4-avgust 1963-yil (1963-08-04) (62 yosh)
Tavallud joyi Turkmaniston SSR, SSSR
Boʻyi 177 cm (5 ft 9 12 in)
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Rubin
Raqami Jamoa maʼmuri
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1983 Lokomotiv (Ashxobod) KFK
1983—1984 Kolxozchi 40 (6)
1985 Zvezda (Jizzax) 29 (3)
1986—1989 Kopetdag 105 (41)
1990 Navbahor 41 (7)
1991 Kopetdag 36 (10)
1992—1995 Kopetdag ? (?)
Milliy terma jamoa
1992 Turkmaniston 4 (0)
Boshqargan klublari
2006—h. v. Rubin
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Rafis Sagitovich Gilmanov (1963-yil 4-avgustda tugʻilgan[1]) — sovet va turkman futbolchisi va murabbiyi. Futbolchilik faoliyati davomida hujumchi pozitsiyasida toʻp surgan Qozonning „Rubin“ jamoasida klub maʼmuri sifatida faoliyat yuritgan[2].

Rafis 1983-yilgi mavsumda Ashxobodning „Lokomotiv“ havaskorlar jamoasi safida boshlagan. Mavsumning ikkinchi yarmida Turkmaniston SSRning bayroqdor jamoasi, „Kolxozchi“ (hozirda Kopetdag nomi ostida faoliyat yuritadi) Ashxobod klubi bilan shartnoma imzoladi. Ashxobodliklar jamoasi safida SSSR ikkinchi futbol ligasida 2 mavsum davomida toʻp surdi. 1985-yilgi mavsumda SSSR birinchi ligasida ishtirok etuvchi Oʻzbekiston SSRning „Zvezda“ Jizzax jamoasi safiga oʻtdi. Jizzaxliklar jamoasi tarkibida bir mavsum davomida harakat qilib 29 ta oʻyinda 3 ta gol kiritdi. 1986-yilgi mavsumda „Kolxozchi“ jamoasiga qaytdi va uch mavsum davomida klub sharafini himoya qildi. 1990-yilgi mavsum avvalida yana Oʻzbekiston SSR jamoasiga, bu safar Namanganning „Navbahor“ klubi safiga borib qoʻshildi. „Navbahor“ jamoasi 1990-yilgi mavsumda SSSR Ikkinchi ligasida toʻp surib yakunda SSSR Birinchi ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Rafis Namangan jamoasining bu yutugʻiga 41 ta oʻyinda 7 ta goli bilan hissa qoʻshdi. 1991-yilgi mavsumda yana „Kopetdag“ jamoasi safiga qaytdi va faoliyatini yakuniga qadar Ashxobod jamoasi tarkibida toʻp surdi.

Milliy terma jamoa

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkmaniston terma jamoasi safida 1992-yilda Markaziy Osiyo kubogi bahslarida ishtirok etgan. U ilk debyut uchrashuvini 1992-yil 1-iyun kuni Qozogʻiston jamoasiga qarshi o‘tkazdi va ikkinchi bo‘limda maydonga tushdi.

2003-yildan Qozonning „Rubin“ klubida avval zaxira menejeri, keyin esa asosiy jamoa maʼmuri (2006-yildan) sifatida ishlagan.

Mavsum Klub Liga Chempionat
Oʻyinlar Gollar
1982 Sovet Ittifoqi Kolxozchi Ikkinchi liga ? ?
1983 Sovet Ittifoqi Kolxozchi Ikkinchi liga 9 0
1984 Sovet Ittifoqi Kolxozchi Ikkinchi liga 31 6
1985 Sovet Ittifoqi Yulduz (Jizzax) Birinchi liga 29 3
1986 Sovet Ittifoqi Kopetdag Ikkinchi liga 22 7
1987 Sovet Ittifoqi Kopetdag Ikkinchi liga 25 9
1988 Sovet Ittifoqi Kopetdag Ikkinchi liga 33 16
1989 Sovet Ittifoqi Kopetdag Ikkinchi liga 25 9
1990 Sovet Ittifoqi Navbahor Ikkinchi liga 41 7
1991 Sovet Ittifoqi Kopetdag Ikkinchi liga 36 10
1992 Turkmaniston Kopetdag Oliy liga ? ?
1993 Turkmaniston Kopetdag Oliy liga ? ?
1994 Turkmaniston Kopetdag Oliy liga ? ?
1995 Turkmaniston Kopetdag Oliy liga ? ?