TRENDING: Qizil qal%CA%BCa - Complete Analysis
| Qizil qal’a | |
|---|---|
Lal qila | |
|
Qalʼaning Lohuri darvozasi | |
| Umumiy maʼlumot | |
| Turi | Qalʼa |
| Shahar | Dehli |
| Mamlakat | Hindiston |
| Qurilishi boshlangan | 12-may 1639-yil |
| Qurilishi tugagan | 6-aprel 1648-yil |
| Qizil qalʼa | |
Qizil qal’a yoki Lal Qila – Hindistondagi tarixiy qalʼa boʻlib, u Boburiy imperatorlarining asosiy qarorgohi sifatida foydalanilgan. Imperator Shoh Jahon poytaxtni Agradan Dehliga koʻchirishga qaror qilganda, 1638-yil 12-mayda Qizil qal’a qurilishi boshlangan. Qal’a dizayni Toj Mahalni qurgan meʼmor Ustod Ahmad Lohuriyga tegishli. Qal’ani Shoh Jahon davridagi Boburiy arxitekturasining choʻqqisi deb atash mumkin. 1739-yilda Nodirshohning Boburiylar imperiyasiga bostirib kirishi paytida qal’adagi sanʼat asarlari talon-toroj qilingan. Qal’aning marmar qismlari 1857-yilgi qoʻzgʻolondan keyin inglizlar tomonidan buzib tashlangan. Lekin qal’aning mudofaa devorlari buzilmagan va keyinchalik garnizon sifatida ishlatilgan. 1947-yil 15-avgustda Hindistonning birinchi Bosh vaziri Javoharlaʼl Neru Hindiston bayrogʻini qal’a darvozasi tepasiga koʻtargan. Har yili Hindiston Mustaqillik kunida (15-avgust) Bosh vazir qal’aning asosiy darvozasiga Hindistonning bayrogʻini koʻtargan va efirda nutq soʻzlagan. Qizil qal’a 2007-yilda Qizil qal’a majmuasining bir qismi sifatida Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Red Fort Complex“. World Heritage List. UNESCO World Heritage Centre. 2009-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 15-noyabr.
- ↑ „Red Fort was designated a UNESCO World Heritage Site in 2007“. Lonely Planet. 2012-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 4-avgust.