CONFIRMED: Qishloq masjidi - Complete Analysis

Koordinatalari: 41°10′28″N 47°10′25″E / 41.17457°N 47.17373°E / 41.17457; 47.17373
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Qishloq masjidi
Technology news and reviews image
Mamlakat  Ozarbayjon
Hudud Shaki
Joylashuvi D. Bunyodzoda koʻchasi
Koordinatalar 41°10′28″N 47°10′25″E / 41.17457°N 47.17373°E / 41.17457; 47.17373
Binokorlik sanasi XIX asr

Qishloq masjidi – Ozarbayjonning Shaki shahrida joylashgan sobiq masjid.

2001-yil 2-avgustdagi Ozarbayjon Vazirlar Mahkamasining 132-sonli qarori bilan masjid binosi mahalliy ahamiyatga ega koʼchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan.

Qishloq masjidi XIX asrda Shaki shahrining Qishloq mahallasida bunyod etilgan. Masjid qurilishida daryo toshlari va gʻisht ishlatilgan. Masjidning yon va bosh kirish fasadida silliq daryo toshlaridan foydalanilgan[1].

Ozarbayjonda sovet bosqinidan soʻng, 1928-yilda mamlakatda dinlarga qarshi rasmiy harakat boshlandi[2]. Oʻsha yil dekabr oyida Ozarbayjon Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi koʻplab masjidlar, cherkovlar va sinagogalarni maʼrifiy maqsadlarda foydalanish uchun klublar tasarrufiga oʻtkazdi[3]. 1917-yilda Ozarbayjonda 3 000 ta masjid mavjud boʻlgan boʻlsa, bu raqam 1927-yilda 1 700 ta, 1928-yilda 1 369 ta va 1933-yilga kelib atigi 17 tani tashkil qildi[3][4]. Shu davrda Qishloq masjidi ham ibodat uchun yopildi.

Masjid 2001-yil 2-avgustdagi Ozarbayjon Vazirlar Mahkamasining 132-sonli qarori bilan mahalliy ahamiyatga ega koʼchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan[5].

Hozirda masjid binosidan foydalanilmaydi.

  1. Məmmədova, Hacıyeva 2014, s. 91.
  2. Yunusov, Arif. Azərbaycanda İslam (az). Bakı: Zaman, 2004 — 140-bet. ISBN 9952-8052-2-5. Qaraldi: 2022-yil 14-dekabr. 
  3. 3,0 3,1 Yunusov, Arif. Azərbaycanda İslam (az). Bakı: Zaman, 2004 — 141-bet. ISBN 9952-8052-2-5. Qaraldi: 2022-yil 14-dekabr. 
  4. Ələsgərova, Nəsrin „Ислам в Азербайджане: история и современность | Heinrich Böll Stiftung | Tbilisi – South Caucasus Region“ (ru). ge.boell.org (2005-yil 15-yanvar). 2019-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-sentyabr.
  5. „Azərbaycan Respublikası ərazisində dövlət mühafizəsinə götürülmüş daşınmaz tarix və mədəniyyət abidələrinin əhəmiyyət dərəcələrinə görə bölgüsünün təsdiq edilməsi haqqında Azərbaycan Respublikası Nazirlər Kabinetinin qərarı“ (az). e-qanun.az (2001-yil 2-avgust). 2022-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 19-iyun.