TRENDING: Qatar Milliy muzeyi | Latest Update

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Qatar Milliy muzeyi Qatarning Doha shahrida joylashgan milliy muzey. Hozirgi bino 2019-yil 28-martda omma uchun ochilgan boʻlib, 1975-yilda ochilgan avvalgi binoning oʻrnini egallagan. Bino fransuz meʼmori Jean Nouvel tomonidan loyihalashtirilgan boʻlib, uni yaratishda Qatarda uchraydigan choʻl atirguli kristalidan ilhomlangan[1][2]. Muzey hududiga Qatar milliy oʻzligining yuragi hisoblangan Shayx Abdulloh bin Jassim as-Soniy saroyi ham kiradi[3].

Technology news and reviews image
Tabiatshunoslik galereyasi
Technology news and reviews image
Milliy muzey galereyasi

Muzey boʻylab sayohat tashrif buyuruvchilarni bir-biri bilan oʻzaro bogʻliq 3 ta asosiy mavzuni yorituvchi galereyalar halqasi orqali olib oʻtadi. Galereyalar shartli ravishda xronologik tartibda joylashtirilgan boʻlib, sahro va Fors koʻrfazining tabiatshunoslik haqidagi ekspozitsiyalardan boshlanib, badaviy madaniyatiga oid artefaktlar, qabilalar urushlari, Qatar davlatining shakllanishi haqidagi tarixiy ekspozitsiyalar va nihoyat neftning kashf etilishidan to hozirgi kungacha boʻlgan davr bilan yakunlanadi[4]. Ushbu mavzularni yorituvchi koʻrgazmalar va installyatsiyalar muzey kolleksiyalaridan ehtiyotkorlik bilan tanlab olingan nodir buyumlar bilan birga audio-vizual namoyishlarni taqdim etadi. Kolleksiyalar hozirda taxminan 8 000 obyektdan iborat boʻlib, ularga arxeologik artefaktlar, meʼmoriy elementlar, anʼanaviy uy-roʻzgʻor va safar buyumlari, toʻqimachilik mahsulotlari va kiyimlar, zargarlik buyumlari, amaliy bezak sanʼati asarlari, kitoblar va tarixiy hujjatlar kiradi[5].

Muzeyning maqsadi Qatar va uning xalqi madaniyati, merosi va kelajagini ulugʻlash, qatariliklarning faxri va anʼanalarini mujassam etish hamda xorijiy tashrif buyuruvchilarga tezkor oʻzgarish va modernizatsiya haqida muloqot maydoni taqdim etishdan iborat[6].

Ochilganidan beri muzeyda Qatar madaniy merosini ifodalovchi materiallar, jumladan, badaviy etnografik materiallar, dengizchilik artefaktlari va atrof-muhitga oid buyumlar saqlanadi. Aksariyati mahalliy manbalardan topilgan qadimiy artefaktlar ham muzeyga joylashtirilgan[7].

Arxeologik artefaktlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Britaniyalik arxeolog Beatrice de Cardi va uning jamoasiga 1973-yil noyabridan 1974-yil yanvarigacha Qatarda ekspeditsiyalar oʻtkazish va muzeyda namoyish etish uchun artefaktlar toʻplash topshirigʻi berilgan[8]. Ularning eng muhim topilmalari koʻplab Ubayd davriga oid sopol parchalari topilgan Ad-Daʼasa yodgorligida qayd etilgan boʻlib, ular neolit davriga taalluqlidir[9]. 1950–1960-yillarda oʻtkazilgan dastlabki Daniya ekspeditsiyalari davomida topilgan va ilgari Doha jamoat kutubxonasida saqlangan artefaktlar[10] ham muzeyda namoyish etila boshlandi[7].

De Cardi ekspeditsiyasi tugagach, muzeyning qadimiy yodgorliklar boʻlimi tadqiqot va qazish ishlarida faol ishtirok etdi. Ular al-Vusayl va Zubora arxeologik yodgorliklarida qazishmalar oʻtkazdilar[11].

Etnografik materiallar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Badaviy etnografiyasini hujjatlashtiruvchi materiallar mavzulari boʻyicha juda keng qamrovga ega. Namoyish etilayotgan ayrim buyumlar tarixan badaviylar tomonidan asbob va qurol sifatida ishlatilgan, boshqalari esa zargarlik buyumlari, kulolchilik va kiyim-kechak kabi mahsulotlardir. Muzeyda anʼanaviy sheʼrlar ham namoyish etilgan boʻlib, ular orasida eng mashhurlari Qatoriy ibn al-Fujoʼa va sobiq amir Jassim bin Muhammad as-Soniy qalamiga mansub asarlar hisoblanadi[12].

2015-yilda shayx Muborak bin Sayf as-Soniy Qatar Milliy muzeyiga davlat madhiyasining birinchi yozma qoʻlyozma variantini taqdim etdi. Yangi muzey qurib bitkazilgach, uning oʻsha yerga koʻchirilishi rejalashtirilgan edi[13].

Technology news and reviews image
Qirollik harbiy-havo kuchlari tomonidan 1934-yilda olingan Eski Amiriy saroyining havodan olingan surati

Xalifa bin Hamad as-Soniy 1972-yilda taxtga oʻtirgach, mamlakatning merosi va anʼanalarini hujjatlashtirish maqsadida milliy muzey barpo etish rejalarini ishlab chiqdi. Oʻsha yili u muzeyning konstruktiv va funksional jihatlarini loyihalash uchun Michael Rice & Company bilan shartnoma tuzdi. Binoning avvalgi amir Abdulloh bin Jassim as-Soniy yashagan, XX asr boshlariga oid vayron holatdagi Eski Amiriy saroyini oʻrab olishi maʼqul topildi[14].

Qatar Milliy muzeyi deb nomlangan ushbu maskan 1975-yil 23-iyunda tantanali ravishda ochildi[15]. Dastlab uning tarkibida 100 oʻrinli auditoriya va kutubxona mavjud edi[12]. 1980-yilda muzeyga Ogʻa Xon meʼmorchilik mukofoti topshirildi[16]. Yangi muzey ochilishiga tayyorgarlik koʻrish maqsadida, muzey atrofida barpo etilgan qirollik saroyi 2015-yilda restavratsiya qilindi[17].

2023-yilda „Explorer“ nomli onlayn platforma ishga tushirildi. Platforma foydalanuvchilarga onlayn kolleksiyalar, arxeologiya va meros xaritasi hamda muzeyning interaktiv vaqt jadvaliga kirish imkonini beradi[18].

2023-yil dekabr oyida NMoQning hamkorlik va homiylik boʻyicha direktori va Mongoliya Milliy muzeyi direktori tomonidan hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi. Hamkorlik dasturida, shuningdek, ikki davlat oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 25-yilligini nishonlash maqsadida 2024-yilda Mongoliyada koʻrgazma oʻtkazish ham nazarda tutilgan[19].

NMoQ 2023-yilda Dohada boʻlib oʻtgan „Doha Expo – 2023“ koʻrgazmasida ishtirok etdi hamda Qatar anʼanalari, madaniyati va tabiiy muhitiga bagʻishlangan, oilalar uchun moʻljallangan turli tadbirlar va seminarlar (workshoplar) tashkil etdi[20].

Technology news and reviews image
Muzey qurilish maydoni, 2015-yil

Yangi bino eski bino joylashgan hududda barpo etilgan. Bino Pritzker meʼmorchiligi mukofoti sovrindori meʼmor Jean Nouvel tomonidan loyihalashtirilgan boʻlib, meʼmor uni ishlab chiqishda choʻl atirgulidan ilhomlangan[21]. Qatarning oʻtmishdagi ushbu muhim yodgorligi hozirda yangi NMoQning yuragi sifatida saqlanmoqda[22].

Muzey 430 000 kvadrat fut (40 000 m2) maydonni egallagan[23].

Dastlab muzey 2016-yilda ochilishi rejalashtirilgan edi[24], biroq ochilish 2019-yil 28-martga surildi[25][26]. Time jurnali uni 2019-yilda sayohat qilish uchun dunyodagi eng zoʻr maskanlardan biri deb atadi[27][28].

Technology news and reviews image
Qatar Milliy muzeyi Eski saroy binosi

Muzey ochilganidan keyingi 1 yilga yetmagan muddatda 450 000 dan ortiq tashrif buyuruvchini qabul qildi. Muzey odamlarni oʻziga tortadi, chunki u Qatar tarixini rasmlar va haykallar orqali emas, balki XXI asrning yorugʻlik, tovush va vizual texnologiyalari orqali tasvirlaydi[29].

2013-yildan 2023-yilgacha muzey direktori shayxa Amna boʻlgan[30]. 2024-yil fevral oyida shayx Abdulaziz H. as-Soniy muzey direktori etib tayinlandi[31].

  1. Powell, Jim „The 20 photographs of the week“. The Guardian (2019-yil 30-mart). Qaraldi: 2019-yil 3-aprel.
  2. „National Museum of Qatar“ (en-US). Ateliers Jean Nouvel.
  3. „Spectacular Jean Nouvel Designed National Museum Qatar To Open In March“ (en-GB). Artlyst. 2025-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-noyabr.
  4. Nicolai Ouroussoff. „Celebrating the Delicate Beauty of the Desert Landscape“. The New York Times (2010-yil 22-mart).
  5. „Qatar Museums Authority Unveils Jean Nouvel Design for New Museum“. ArtDaily.
  6. New Qatar National Museum…a journey in a world of fantasy!
  7. 7,0 7,1 Karen Exell; Trinidad Rico (2013). "'There is no heritage in Qatar': Orientalism, colonialism and other problematic histories". World Archaeology 45 (4): 670–685. doi:10.1080/00438243.2013.852069. https://discovery.ucl.ac.uk/id/eprint/1400161/. 
  8. „Beatrice de Cardi obituary“ (en). The Guardian (2016-yil 14-iyul).
  9. Abdul Nayeem 1998, s. 36.
  10. „The era of reform“. HathiTrust. New York: Permanent Mission of the State of Qatar to the United Nation (1973).
  11. Abdul Nayeem 1998, s. 39.
  12. 12,0 12,1 Rice, Michael (1977). "National museum of Doha, Qatar". Museum XXIX (2/3): 78–87. https://unesdoc.unesco.org/ark:/48223/pf0000127265. Qaraldi: 18 December 2015. Qatar Milliy muzeyi]]
  13. „Poet's donation shines spotlight on origins of Qatar's national anthem“. Doha News (2015-yil 28-noyabr).
  14. „Wherefore Art Thou Qatar?“. The Business Year (2014). 2016-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-fevral.
  15. Mohammed Hassan Al-Kuwari; Maryam Khulaifi; Jamila Abdulla Ahmed; Sawsan Al-Haddad „دليـل المؤسسات الثقافية في قطر (Directory of Cultural Institutions in Qatar)“ (ar). Ministry of Culture, Arts and Heritage (2013). 2015-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  16. „National Museum“. Aga Khan Development Network.
  17. Lesley Walker. „Sheikh Abdullah's palace at heart of National Museum of Qatar restored“. Doha News (2015-yil 21-iyun).
  18. Aguilar, Joey „NMoQ Explorer: A digital journey of discovery“ (en). Gulf Times (2023-yil 11-iyul). Qaraldi: 2023-yil 16-noyabr.
  19. „National Museums of Mongolia and Qatar sign Memorandum of Cooperation“. AKIpress. Qaraldi: 2024-yil 16-fevral.
  20. „Qatar Museums collaborates with Expo 2023 Doha to offer engaging public activities“ (en). Qatar Tribune (2023-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 6-sentyabr.
  21. „ZRS“ (en-GB). Qaraldi: 2022-yil 2-iyun.
  22. „National Museum of Qatar“. Qatar Museums Authority. 2013-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  23. Take a first look at the upcoming Qatar National Museum, 28 July 2011
  24. Shabina S. Khatri.. „Qatar's National Museum eyeing 2016 opening“. Doha News (2014-yil 6-iyul). 2019-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-iyun.
  25. „Qatar's national museum by Jean Nouvel opening date announced“. Gulf Times (2018-yil 4-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 4-noyabr.
  26. Joanne Martin. „The Middle East's hottest new museum is here“. CNN (2019-yil 28-mart). Qaraldi: 2019-yil 12-avgust.
  27. „The National Museum of Qatar“. USA: Time Magazine (2019-yil 22-avgust). 2022-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-avgust.
  28. „National Museum of Qatar announced as one of the World's Greatest Places!“. iLoveQatar.net. Qatar: Haroon United Group (2019-yil 24-avgust). Qaraldi: 2019-yil 29-avgust.
  29. Belcher, David. „Skip the Vatican Museum. Go to the National Museum of Qatar.“. The New York Times (2020-yil 7-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 7-yanvar.
  30. „Sheikha Amna to head new museum“ (en). Gulf Times (2013-yil 27-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 12-aprel.
  31. „Qatar Museums announces leadership appointments“ (en). thepeninsulaqatar.com (2024-yil 21-fevral). Qaraldi: 2024-yil 6-iyun.
  • Abdul Nayeem, Muhammad. Qatar Prehistory and Protohistory from the Most Ancient Times (Ca. 1,000,000 to End of B.C. Era). Hyderabad Publishers, 1998. ISBN 9788185492049.