JUST IN: Qahramon Abdurahimov | Breaking Tech News

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Qahramon va familiyasi Abdurahimov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Qahramon Abdurahimov
Tavalludi 18-avgust 1949-yil (1949-08-18) (76 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi OʻzSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi teatr va kino aktyori
Faoliyat yillari 1972-yildan hozirga qadar
Mukofotlari Technology news and reviews image

Qahramon Abdurahimov (1949-yil 18-avgustda Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani) – teatr va kino aktyori[1], Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist.

Qahramon Abdurahimov 1949-yil 18-avgustda Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanida tugʻilgan. 1966—1971-yillarda Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institut talabasi boʻlgan. Oilali, 2 nafar farzandi bor.

1972-yildan hozirga qadar Oʻzbek milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritib kelmoqda. Qahramon Abdurahimov aktyorlik faoliyati davomida 150 ga yaqin sahna asarlarida turli xarakterdagi qahramonlarni gavdalantirgan. Jumladan, „Qaroqchilar“ spektaklida Ratsman, „Mirzo Ulugʻbek“da Said, „Kelinlar qoʻzgʻoloni“da Toʻxta, „Piri koinot“da Mavrudiy, „Kuzning birinchi kuni“da Ramziddin, „Zebuniso“da Rojaram, „Muhabbat sultoni“da Qays, „Nodirabegim“da Maʼdalixon, „Alisher Navoiy“da Majiddin, „Otello“da Rodrigo, „Qirol Lir“da Gersog Kornuel, „Makr va muhabbat“da Miller, „Abulfayzxon“da Mirvafo, „Sohibqiron Temur“da Toʻxtamishxon, „Arizasiga koʻra“da Shuhrat, „Tili asalim“da Arslon bobo, „Qalliq oʻyini“da Xudoynazar, „Tun albatta oʻtadi“da Jennaro, „Bir koshona sirlari“da Darvishali, „Muqaddas taxtizar“da Iskandar Zulqarnayn, „Tili asalim“da chol, „Shayton va farishta“da Qobil, „Oʻzbekcha raqs“da muallif, „Tanho yulduzim“da Murod, „Baxtli gadolar“da Said, Abdulla Qodiriyning „Oʻtkan kunlari“da Xudoyorxon, „Kunduzsiz kechalar“da professor, „Oʻtgan zamon hangomalari“da Tojivoy, „Adibning umri“da Zohid, „Taqdir sinovlari“da Esonqul, „Rustam“da chol, „Talvasa“da Jidalibey, „Usmon Nosir“da Matveyev, „Oʻtkan kunlar“da Hasanali, „Omad biz tomonda“ Orzuboy, „Imon“da Yoʻldosh Komilov, „Kuzgi maktublar“da Toʻlaganov, „Alisher Navoiy“da Usta Jaloliddin, „Mirzo Ulugʻbek“da Said Obid, „Revizor“da Lyapkin Tyapkin, „Istiqbol sari“da Rafael, „Abay“da Taqajon, „Jaloliddin Manguberdi“da Sulton Tekish, „Adolat fasli (Amir Temur)“da Said Baraka kabi obrazlarni yaratgan.

Shuningdek, aktyor filmlarda ham, jumladan, „Qirq togʻoraning qirq nogʻorasi“ videofilmida faylasuf Najmiddin, „Oʻtkan kunlar“da Hasanali, „Sevginator“da jurnalist Abbos, „Dunyoning ishlari“da Sattor, „Alisher Navoiy“da Qulmuhammad, „Koʻzlaring mayus“da olim Moʻmin, „Telba“da Darveshali, „Zaxiriddin Muhammd Bobur“da Binoiy kabi oʻnlab rollarni ijro etgan.

1993-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist faxriy unvoni bilan mukofotlangan. 2021-yili „Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30-yilligi“ hamda 2022-yil „Madaniyat va sanʼat fidokori“ koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan.

  1. „Кахрамон Абдурахимов“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 24-yanvar 2025-yil.