EXCLUSIVE: Pul belgilari - Complete Analysis
Pul belgilari – pulning koʻrinish shakli, muomalada qatnashadigan pulning turlari. Pulga xos umumiy belgilar: qiymat miqdorini koʻrsatuvchi raqamlar, davlat gerbi, individual seriya va uning soni, maxsus rasm, chizmalar, naqshlar; xususiy belgilar: qogʻoz tarkibi, hajmi, eni va boʻyi, boshqa pullardan farqlanadigan va takrorlanmaydigan belgilardan iborat. Oʻzbekistonda qogʻoz belgilar va mayda tangalar shaklida chiqariladi. Pul belgilari nominallari naqd hisob-kitoblarni, toʻlovlarni oqilona tashkil etishga imkoniyat beradigan darajada belgilanadi. Inflyasiya yuz berayotgan vaziyatlarda Pul belgilari yirik nominalda chiqariladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |