JUST IN: Peter Lax | Breaking Tech News
| Peter David Lax | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi |
1-may 1926-yil Budapesht, Vengriya |
| Vafoti | 16-may 2025[1] |
| Fuqaroligi | AQSh |
| Sohasi | Matematika |
| Institutlar | Courant matematika fanlar instituti |
| Akademik rahbarlari | Kurt O. Friedrichs |
| Mashhur shogirdlari | |
| Mashhur ishlari |
Lions–Lax–Milgram teoremasi Lax–Wendroff uslubi Lax ekvivalentlik teoremasi Lax—Friedrichs uslubi Babuška–Lax–Milgram teoremasi |
| Mukofotlari |
Milliy fan medali (1986) Wolf mukofoti (1987) Norbert Wiener mukofoti (1975) Chauvenet mukofoti (1974) Abel mukofoti (2005) |
Peter David Lax (talaffuzi: Piter Devid Laks) (veng.: Lax Péter Dávid) (1926-yil 1-mayda tugʻilgan) — vengriyalik va amerikalik matematik. Sof va amaliy matematika sohalarida faoliyat yuritib keladi. 1987-Wolf mukofoti, 2005-yil esa Abel mukofoti bilan taqdirlangan[2].
Lax 1926-yilda Budapeshtda yahudiy oilasida tugʻilgan[3] . Uning ota-onasi (Klara Kornfield va Henry Lax) shifokor boʻlishgan. 1941-yilda oila Budapeshtdan New Yorkka qochib borgan. Lax 19 yoshidan boshlab Los Alamos milliy laboratoriyasida Manhattan loyihasida — yadro qurolini ishlab chiqish dasturida ishtirok etgan. 1949-yilda New York universitetidan PhD darajasini olgan. Lax, shuningdek, Courant matematika fanlar institutida ham ishlagan[4][5].
Laxning faoliyati koʻp qirrali: olim integral tizimlar, zarba toʻlqinlari va gidrodinamika sohalarini oʻrganib keladi. Shuningdek, u solitonlar nazariyasini rivojlantirishga salmoqli hissa qoʻshgan. Uning nomi bilan Lions–Lax–Milgram teoremasi, Lax—Wendroff uslubi, Lax ekvivalentlik teoremasi (Lax–Richtmyer teoremasi deb ham yuritiladi), Lax—Friedrichs uslubi va Babuška–Lax–Milgram teoremasi kabi matematik tushunchalar bogʻliq[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title) — The New York Times.
- ↑ „Большая золотая медаль РАН имени М.В. Ломоносова“.
- ↑ „Peter Lax | Hungarian-American mathematician“.
- ↑ Albers, Donald J.; Alexanderson, Gerald L.; Reid, Constance, muh. (1990), „Peter D. Lax“, More Mathematical People, Harcourt Brace Jovanovich, 138–159-bet.
- ↑ Dreifus, Claudia. „A Conversation with Peter Lax – From Budapest to Los Alamos, a Life in Mathematics“. The New York Times (2005-yil 29-mart). Qaraldi: 2007-yil 31-oktyabr.
- ↑ „Питер Д. Лакс“. 2012-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 22-avgust.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Britannica ensiklopediyasidagi biografiyasi
- 2016 Video Interview with Peter Lax by Atomic Heritage Foundation Voices of the Manhattan Project
- Elements from his contributions to mathematics. Popularised presentation of Peter Lax by Helge Holden, published on the Abel Prize website
- Abel Prize press release and biography
| Olim haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
