VIRAL: Ozarbayjon musiqa asboblari - Everything We Know

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ozarbayjon cholgʻu asboblari qadimiy Ozarbayjon folklor musiqasini ijro etishda qoʻllanadigan torli, puflama va zarbli asboblar turkumidir[1].

Anʼanaviy ozarbayjon musiqasida torli cholgʻulardan tor, kamança [az] (teri qoplamali gʻijjaksimon cholgʻu), ud (asli nomi barbat) va soz; qoʻsh tilli puflama cholgʻu balaban (boʻlamon), nogʻora (davul [az]) hamda qoʻshnogʻora ishlatiladi. Boshqa cholgʻu asboblariga garmon (kichik akkordeon), tutek va daf kiradi.

Zurna [az] va nogʻora dueti toʻylar hamda boshqa mahalliy tantanalarda chalinadi[2].

Cholgʻu asboblari yakka holda, improvizatsiya tarzida, ansambllar tarkibida, anʼanaviy marosimlar va xalq raqslari vaqtida ijro etilishi mumkin[3].

Torli cholgʻular

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy torli cholgʻu asboblari tor va kamoncha boʻlib, ular milliy mugʻom musiqasining bir qismidir. Ular gʻaval bilan birgalikda mugʻom triosini tashkil etadi. Tor kalit teshigiga oʻxshash, kamoncha esa yumaloq shakldagi asbobdir. Ularning torlari ipak yoki ot qilidan yasaladi[4][5]. Tor anʼanaviy tarzda butun mamlakat boʻylab yasalib kelingan va 2012-yilda tor yasash sanʼati UNESCOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi roʻyxati [en]ga kiritilgan[6]. Tor yasashda yongʻoq yoki tut daraxtlaridan foydalaniladi. Uning dastasining boʻyni uzun, kosasi esa chuqur. Anʼanaga koʻra, dastasiga 27-28 ta parda bogʻlangan. XX asrda ozarbayjonlik sozanda Mirzo Sodiq (Sadıqcan [az] nomi bilan ham tanilgan) torlar sonini 18 taga yetkazib, unga baʼzi oʻzgartirishlar kiritgan. Keyinchalik u torlar sonini 13 taga kamaytirgan. Ovoz samarasini kuchaytirish maqsadida u asbob kosasining yon tomonlarini tekislab, uning chuqurligini kamaytirgan[7].

  1. „Atlas of traditional music of Azerbaijan“. atlas.musigi-dunya.az. Qaraldi: 2017-yil 23-may.
  2. „ru:Азербайджанская свадьба“ (ru). furorika.ru. 2014-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 26-iyun.
  3. „Azerbaijani Artifacts by the Karabakh Foundation » Music_Wind“. 2018-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 20-fevral.
  4. Music and Conflict. University of Illinois Press, September 2010. ISBN 9780252035456. 
  5. Azerbaijan (Cultures of the World). Benchmark Books, March 2006. ISBN 9780761420118. 
  6. „Craftsmanship and performance art of the Tar, a long-necked string musical instrument - intangible heritage - Culture Sector - UNESCO“ (en). ich.unesco.org. Qaraldi: 2018-yil 24-iyun.
  7. „National Commission of the Republic of Azerbaijan for UNESCO“. www.unesco.az. Qaraldi: 2018-yil 24-iyun.