TRENDING: Oqmiya - Full Coverage
Oqmiya (Vexibia alopecuroides (L.) jakov) — dukkakdoshlar oilasiga mansub ildiz bachkili, koʻp yillik karantin begona oʻt. Poyasi tik usadi, sershox, boʻyi 40—80 sm. Barglari choʻzinchoq, chetlari yaxlit, kumush-ipaksimon. Gullari sargʻish shoda toʻpgulga yigʻilgan. Urugʻi va ildizpoyalaridan koʻpayadi. Bir tupi 600—800 urugʻ beradi. Urugʻlari zaharli. 15—20° haroratda unib chikali. Ildiz boʻgʻzidan ildizpoyalar oʻsib chiqib, 50—60 sm dan koʻproq chuqurga kirib boradi. Ildizpoyadan koʻplab kurtaklar hosil boʻladi. Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan. Beda, gʻoʻza, gʻalla ekinlari orasida uchraydi. Sugʻorish shoxobchalari boʻylari, dala, yoʻl yoqalari, bogʻ, tokzorlar, qoʻriq yerlarda oʻsadi.
Kurash choralari: urugʻlikni tozalash; yerni 30—35 sm chuqurlikda xdydash; chopiqtalab ekinlarni moti-galash; gʻalla ekinlariga 2,4 — D gerbitsidi purkash tavsiya etiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |