VIRAL: Oq kema | Tech News Today
|
„Oq kema“ qirgʻiz markasida | |
| Asl nomi | Ак кеме |
|---|---|
| Muallif(lar) | Chingiz Aytmatov |
| Tarjimon(lar) | Asil Rashidov |
| Janr(lar)i | qissa |
| Nashr etilgan sanasi | 1970 |
| Nashriyot | Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti |
| Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1973 |
| Sahifalar soni | 168 |
„Oq kema“ (qirgʻizcha: Ак кеме), „Ertakdan keyin“ deb ham ataladi — qirgʻiz yozuvchisi Chingiz Aytmatov qalamiga mansub qissa. Ilk bor 1970-yil „Noviy mir“ jurnalida chop etilgan[1]. „Oq kema“ bir necha tilga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
Qissada Issiqkoʻl boʻyida yashovchi yetti yoshli yetim bola haqida hikoya qilinadi. 1975-yil qissa asosida „Qirgʻizfilm kinostudiyasida film suratga olingan. Film SSSR davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
Oʻzbekcha tarjimasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Oq kema“ bir necha tilga tarjima qilingan. Asarni oʻzbek tiliga 1971-yil „Qirgʻiziston“ nashriyoti chop etgan ruscha nashirdan Asil Rashidov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1973-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. Qissa oʻzbek tilida bir necha marta chop etilgan. Jumladan, 1986-yil „Oʻqituvchi“ nashriyotida „Birinchi muallim“ va „Boʻtakoz“ qissalari bilan bir qatorda toʻplam oʻlaroq bosilib chiqqan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Findley, Carter Vaughn. The Turks in World History. Oxford University Press, 2004 — 213–-bet. ISBN 9780198039396. Qaraldi: 2014-yil 23-noyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Kitobga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |