JUST IN: O%CA%BBtkir Roziqov - The Verge Report

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oʻtkir Abdulloyevich Roziqov
Tavalludi 20-may 1970-yil (1970-05-20) (55 yosh)
Buxoro tumani, Buxoro viloyati, OʻzSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Sohasi matematika
Ish joylari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Matematika instituti
Taʼlimi Samarqand davlat universiteti
Mashhur ishlari statistik mexanika va voyaga yetgan populyatsiyalar evolyutsion algebralarida Gibbs holatlari nazariyasi
Mukofotlari Technology news and reviews image

Oʻtkir Abdulloyevich Roziqov (1970-yil 20-may, Buxoro tumani) – matematik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2023)[1], fizika-matematika fanlari doktori (2001), professor. Butunjahon fanlar akademiyasi aʼzosi (2018)[2][3]. Samarqand davlat universitetini tugatgan (1993). V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti ilm-fan boʻyicha direktor oʻrinbosari. Asosiy ilmiy ishlari Matematik analiz, algebra va ehtimollar nazariyasining zamonaviy usullari bilan fizik va biologik sistemalarning termodinamikasi va dinamikasi nazariyalarini tabiiy fanlarda qoʻllashga oid[3].

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻtkir Roziqov 1970-yil Buxoro viloyati Buxoro tumanida tugʻilgan. 1993-yil Samarqand davlat universiteti matematik tahlil fakultetini tamomlagan. 1995-yilda nomzodlik dissertatsiyasini (PhD) yoqlagan. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutida avval aspiranturani soʻngra doktoranturani bitirgan. 2001-yilda fizika-matematika fanlari doktori unvonini olgan. Professor Oʻtkir Roziqov institutda 2001-yildan buyon yetakchi ilmiy xodim lavozimida ishlab kelmoqda[3].

Ilmiy ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻtkir Roziqov termodinamikani matematik biologiyaga kiritish maqsadida statistik mexanika va voyaga yetgan populyatsiyalar evolyutsion algebralarida Gibbs holatlari nazariyasiga katta hissa qoʻshgan. R-adik dinamik tizimlar va r-adik taqsimlashlarni oʻrganish gʻoyasini ilgari surgan[2].

Oʻ.Roziqovning chop etgan ilmiy ishlari soni 250 dan koʻp (jumladan, chet elning nufuzli jurnallarida 145 ta). Shuningdek, Roziqovning 4 ta kitobi hozirgi kunda dunyoning 200 dan ortiq universitetlari kutubxonalaridan oʻrin olgan[4]. Olingan natijalari xalqaro miqyosda yuqori baholangani bois Oʻ.Roziqov 20 dan ortiq yetakchi xalqaro universitet va ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻygan[3].

Oʻ.Roziqov ilmiy rahbarligida 8 ta fan nomzodi va 1 ta fan doktori dissertatsiyalari himoya qilingan, bugungi kunda shogirdlari orasidan 3 tasi PhD va 2 tasi fan doktori ilmiy darajalarini olishga tayyorlanmoqda[3].

Google Scholar maʼlumotiga koʻra Oʻ.Roziqovning ishlariga 3071 ta iqtiboslik qilingan va h-index =30[4].

Chet eldagi birinchi maqolasi 1997-yilda chiqqan. 1997—2020-yillarda 135 ta maqolasi chet el jurnallarida chop etilgan[5].

  • Rozikov U. A. Tree-hierarchy of DNA and distribution of Holliday junctions. Jour. Math. Biology, 2017. V.75, No.6, p.1715-1733
  • Rozikov U. A. Gibbs measures in biology and physics: The Potts model. World Sci. Publ. Singapore. 2022, 368 pp.
  • Rozikov U. A. Population dynamics: algebraic and probabilistic approach. World Sci. Publ. Singapore. 2020, 460 pp.
  • Rozikov U. A. An introduction to mathematical billiards. World Sci. Publ. Singapore. 2019, 224 pp.
  • Ibragimov Z., Levenberg N., Rozikov U., Sadullaev A. (Eds). Algebra, Complex Analysis, and Pluripotential Theory. Springer Proceedings in Mathematics and Statistics. 2018, V. 264, Springer Nature Switzerland.
  • Rozikov U. A. Gibbs measures on Cayley trees. World Sci. Publ. Singapore. 2013, 404 pp.

Mukofotlari va unvonlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Niderlandiyaning Elsevier nashriyoti hamda Stanford universiteti tomonidan dunyoning 2% TOP olimlari roʻyxatidan oʻrin olgan[6].

2020-yil Kun.uz nashri bilan suhbatda professor Oʻtkir Roziqov tadqiqotchilarning ijod erkinligi chegaralgani, ilmiy-tadqiqotlar va oliy taʼlim tizimidagi ortiqcha byurokratiya hamda olimlar uchun yetarli maosh berilmay kelinganini tanqid qildi[5].

  1. „O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida“. president.uz. Toshkent: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati (2023-yil 23-dekabr). Qaraldi: 4-noyabr 2024-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 „O‘zbek olimi Butunjahon fanlar akademiyasi a'zosiga aylandi“. Kun.uz. Web Expert (2018-yil 2-fevral). Qaraldi: 4-noyabr 2024-yil.
  3. 3,00 3,01 3,02 3,03 3,04 3,05 3,06 3,07 3,08 3,09 „O‘zbekistonlik olim Butunjahon Fanlar akademiyasi a’zosi etib saylandi“. O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi (2018-yil 3-fevral). Qaraldi: 4-noyabr 2024-yil.
  4. 4,0 4,1 4,2 „O‘zbekistonlik matematik — xalqaro mukofot sovrindori“. Xabar.uz. Xabar gazetasi (2020-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 4-noyabr 2024-yil.
  5. 5,0 5,1 Mahmudov, Yigitali. „«O‘zbek matematika maktabi ikki narsani boy berdi» – professor O‘tkir Roziqov bilan suhbat“. Kun.uz. Web Expert (2020-yil 14-fevral). Qaraldi: 4-noyabr 2024-yil.
  6. „O'zbekiston vakili dunyoning eng salohiyatli olimlari ro'yxatidan o'rin oldi“. yuz.uz. Yangi Oʻzbekiston gazetasi (2021-yil 11-noyabr). Qaraldi: 4-noyabr 2024-yil.
  7. „O‘zbek matematigi Butunjahon fanlar akademiyasi a’zosi bo‘ldi“. Xabar.uz. Xabar gazetasi (2018-yil 2-fevral). Qaraldi: 4-noyabr 2024-yil.