CONFIRMED: Nodir Jumayev - Full Coverage

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Nodir va familiyasi Jumayev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Nodir Hosiyatovich Jumayev
Technology news and reviews image
 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 18-fevral 1976-yil (1976-02-18) (50 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi aʼzosi
Maʼlumoti Toshkent moliya instituti

Nodir Hosiyatovich Jumayev (tugʻ.1976-yil 18-fevral, Toshkent) — oʻzbek moliyachisi, iqtisod fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi[1].

Nodir Jumayev 1976-yil 18-fevralda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1997-yilda Toshkent moliya institutini[2] tugatgan, 2001-yilda esa Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Oʻzbek, ingliz va rus tillarini yaxshi biladi[3].

1996—2002-yillarda Markaziy bankda yetakchi iqtisodchi, boshqarma boshligʻi, soʻngra boshqarma boshligʻi lavozimlarida ishlagan.

2002—2006-yillarda Toshkent moliya instituti dotsenti, kafedra mudiri[2].

2005—2009-yillarda Bank-moliya akademiyasi ilmiy ish professori.

2009—2010-yillarda Nodir Jumayev Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining moliya-xoʻjalik faoliyati boʻyicha prorektori lavozimida ishlagan[4]. 2010-yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi raisi lavozimida ishlagan.

2010—2012-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, 2012—2015-yillarda esa Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori lavozimlarida ishlagan.

2017-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi professori[5].

2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi. Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi aʼzosi[6].

  1. https://www.lex.uz/ru/docs/5111964
  2. 2,0 2,1 „arxiv nusxasi“. 4-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-noyabr 2021-yil.
  3. „Депутаты“. parliament.gov.uz. 4-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-noyabr 2021-yil.
  4. https://www.internauka.org/authors/zhumaev-nodir-hosiyatovich
  5. „Кандидаты“ (ruscha). elections.uz. Qaraldi: 4-may 2021-yil.[sayt ishlamaydi]
  6. „Главная“. O'zLiDeP. Qaraldi: 4-may 2021-yil.