TECH NEWS: Navoiyazot | Tech Insider

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Navoiyazot AJ
Technology news and reviews image
Turi Aksiyadorlik jamiyati
Tarmogʻi Kimyo sanoati[1]
Egasi O‘zkimyosanoat AJ[2]
Qachon asos solingan 1964 yil; Navoiy sh., O'zbekiston[3]
Hududiy xizmati O‘zbekiston, Markaziy Osiyo, Rossiya, Xitoy, Turkiya[4]
Asoschi(lari) O‘zbekiston Kimyo sanoati tizimi
Mahsulot(lar)i
  • Ammiak
  • Karbamid
  • Polivinilxlorid (PVX)
  • Kaustik soda
  • Metanol
  • Formalin
  • Mineral o‘g‘itlar (NPK, AФU, NK)
[5]
Aylanma daromadi 5,816,973,695,000 so'm (2024)[6]
Ishchilar soni 8000 dan ortiq (2024)[7]
Vebsayti navoiyazot.uz

Navoiyazot Aksiyadorlik Jamiyati (keyingi o'rinlarda shunchaki Navoiyazot) O'zbekistonning Navoiy shahrida joylashgan kimyo sanoat korxonasi hisoblanadi. Unga 1964 yilda asos solingan. Korxona "Oʻzkimyosanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradi. Navoiyazot zamonaviy korxonasi boʻlib, Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoda yetakchilardan biri hisoblanadi. Navoiyazot xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari, xususan, qishloq xo‘jaligi, sanoat, tibbiyot va boshqa sohalarda qo‘llaniladigan 55 turdagi kimyo mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Technology news and reviews image
Navoiyazot logosi

1964 - 1991: Boshlang'ich davr

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Navoiyazot korxonasini tashkil qilish bo‘yicha harakatlar 1958-yillarda boshlangan. Bunday korxonani qurishdan asosiy maqsad 1958-1965-yillarda kimyoviy mahsulotlar, jumladan, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishni 2-3, organik mahsulotlari ishlab chiqarishni 4,5-6 martaga o‘stirish edi. Buxoro viloyati rahbariyati tavsiyalari va mutaxassislarning xulosalarini ko‘rib O‘zbekiston SSR Vazirlar Kengashi 1960-yil 30-aprelda ammiak, kam foizli nitrat kislota, ammiakli selitra, suvli ammiak, atsetilen va atsetilenli nitril akril kislotasi va sellyuloza atsetatiga qayta ishlash majmualarini ishlab chiqarish kabi yo‘nalishlarni tarkibiga olgan Navoiy kimyo zavodini qurish rejalarini tasdiqlagan.

Navoiy kimyo zavodini ishga tushirish ishlari 1964-yilda boshlanib, 13-dekabr kuni dastlabki yarim tayyor mahsulotlar (azot va kislorod) olindi. 1964-yilning 20-dekabrida korxonada birinchi kuchsiz nitrat kislota ishlab chiqarish agregati ishga tushirildi. Shu yilning 29-dekabrda ammiakli selitra ishlab chiqarish bo'limida birinchi agregatlarga yuklamalar berildi va korxonaning asosiy mahsuloti – ammiakli selitraning dastlabki tonnalari olindi.

  • 1965-yil 8-martda korxonaning o‘zida ammiak olindi.
  • 1971-yil 31-martda quvvati yiliga 480 ming tonna bo‘lgan kuchsiz nitrat kislota ishlab chiqarish bo'limi,quvvati yiliga 600 ming tonna bo‘lgan ammiakli selitra ishlab chiqarish bo'limi va quvvati yiliga 218 ming tonna bo‘lgan ammiak ishlab chiqarish bo'limi ishga tushirildi.
  • 1964-yilda organik mahsulotlar ishlab chiqarish binolari qurilishi boshlandi. 1969-yil 5-dekabrda sianid kislotasi bo'limida sianid kislotasining birinchi litrlari olindi.
  • 1970-yil 1-yanvarda sirka kislotasi bo'limida mahsulot dastlab xomashyo ko‘rinishida va keyinchalik rektifikatsiyalangan holatda olindi. 1970-yil 31-dekabrda quvvati yiliga 35 tonna bo‘lgan atsetilen ishlab chiqarishi va quvvati yiliga 20 ming tonna bo‘lgan atsetaldegid ishlab chiqarish obyektlari ishga tushirildi.
  • 1971-yil oktyabr oyda yangi “Nitron” ishlab chiqarish texnologik navbatini qabul qilish dalolatnomasi Davlat komissiyasi tomonidan imzolandi.
Technology news and reviews image

1991 - 2021: Mustaqillik davrlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1993-1994-yillarda “Katalizator” ishlab chiqarishida 20 dan ortiq turdagi yangi mahsulotlar o‘zlashtirildi. Ulardan: poliamid-6 donador va blok (kaprolon B), poliakrilamid, uniflok va boshqalar ishlab chiqarildi.
  • 1987-yilda tiomochevina ishlab chiqarish qurilmasi birinchi marta ishga tushirildi. 1991-yilda tiomochevina ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyo – ammoniy rodanid ishlab chiqarishni to‘xtatilishi tufayli faoliyatini tugatdi. Ammoniy rodanidi ishlab chiqarish uchun qurilma qurish to‘g‘risida qaror qabul qilindi va ammoniy rodanid qurilmasi ishga tushirilgandan so‘ng, tiomochevina rekonstruksiyasidan keyin ishlab chiqarish qayta ishga tushirildi. Tiomochevina ishlab chiqarish qurilmasining quvvati yiliga 1800 tonnaga oshirildi. Qurilmaning ammoniy rodanidi suvli eritmasini ishlab chiqarish quvvati yiliga 3000 tonnani tashkil etdi.
  • 2001-yilda suyuq xlor, xlor mahsulotlari va kaustik soda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
  • 2002-yilda yillik quvati 32 ming tonna bo‘lgan II navbatdagi xlorid kislota ishlab chiqarish qurilmasi ishga tushirildi.
  • 2003-yilda Ammiak ishlab chiqarish bo'limida azot kompressori o‘rnatilib, ishga tushirildi.
  • 2004-yilda ammoniy xlorid – granulali mahsuloti ishlab chiqarish qurilmasi ishga tushirildi.
  • 2005-yilda pentaeritrit ishlab chiqarish qurilmasi, sianid kislotasi ishlab chiqarish bo'limida abgazlarni yoqish qurilmasi, quvvati yiliga 10 million dona bo‘lgan polipropilen qoplari ishlab chiqarish bo‘yicha montajning birinchi bosqichi ishga tushirildi.
  • 2007-yilda Ammiak ishlab chiqarishning III navbatida tabiiy gazni tozalash moslamasi, Ammiak ishlab chiqarishning I-II navbatida CO-fraksiyani (ishlab chiqarish chiqindilarini) zararsizlantirish uchun quvvati 44 tonna/soat ikkita bug‘ qozoni ishga tushirildi.
  • 2008-yilda “Organik” ishlab chiqarishi texnik atseton va PKI-3 polikrotonolamin korroziya ingibitori ishlab chiqarish boshlandi.
  • 2009-yilda reaksion gazdan natriy sianidi ishlab chiqarish qurilmasi, yillik quvvati 20 ming tonna bo‘lgan AFO‘ (azot-fosforli o‘g‘itlar) ishlab chiqarish qurilmasi ishga tushirildi.
  • 2010-yilda yillik quvvati 180 ming tonna bo‘lgan AFO‘ (azot-fosforli o‘g‘itlar) ishlab chiqarish qurilmasi, yillik quvvati 100 tonna bo‘lgan suvli-dispers bo‘yoqlar ishlab chiqarish qurilmasi, quvvati yiliga 10 million dona polipropilen qoplari ishlab chiqarish qurilmasi ishga tushirildi.
  • 2011-yilda NK-o‘g‘iti (azotli-kaliyli) ishlab chiqarish bo‘yicha sanoat-sinov qurilmasi, yillik quvvati 500 tonna bo‘lgan mineral kaliy o‘g‘iti (kaliy nitrat) ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.
  • 2012-yilda Ammiak ishlab chiqarishining I-II navbati 1-bo'limida qo‘shimcha bug‘ qozoni ishga tushirilishi bilan bug‘ ishlab chiqarish quvvati soatiga 22 tonnani tashkil etdi.
  • 2012-yilda “Organik ishlab chiqarishi” 12-bo'limida elektr energiyasini iqtisod qilish va qozonlarda abgazlarning yonishidan maksimal issiqligidan qozonlarida bug‘ olish uchun abgazlarni yoqish qurilmasida rekonstruksiya ishlari boshlandi.
  • 2013-yilda tiomochevina ishlab chiqarishni kengaytirish ishlari boshlandi.
  • 2013-yil “Kaustik sodasi va kam miqdorli kimyoviy mahsulotlar” (KS va KMKM) ishlab chiqarishida quvvati 564 tonna bo‘lgan temir xloridi tajriba qurilmasi ishga tushirildi.
  • 2014-yilda yillik quvvati 16 ming tonna bo‘lgan reaksion gazdan suyuq natriy sianidi ishlab chiqarish qurilmasi ish boshladi.
  • 2015-yilda “KS va KMKM” ishlab chiqarishida kaliy xlorati (Bertole tuzi) ishlab chiqarish qurilmasi ishga tushirildi.
  • 2015-yilda ammoniy xlorid ishlab chiqarish qurilmasida granula holida kalsiy xlorid tayyor mahsuloti olindi.
  • 2016-yilda “KS va KMKM” ishlab chiqarishida yillik quvvati 350 tonna bo‘lgan kaliy xlorati (Bertole tuzi) tajriba partiyasi ishlab chiqarildi, natriy karbonati (kalsinirlangan soda) ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba qurilmasi ishga tushirildi. Magniy gidroksidi ishlab chiqarishi uchun qurilma, ammoniy karbonat tuzini ishlab chiqarish uchun qurilma ishga tushirildi.
  • 2018-yilda yillik quvvati 16500 tonna bo‘lgan oddiy superfosfat ishlab chiqarish uchun sanoat tajriba qurilmasi hamda suvda eruvchan NPK o‘g‘itlarini ishlab chiqarish uchun sanoat tajriba qurilmasi ishga tushirildi.
  • 2018-yilda “KS va KMKM” ishlab chiqarishida formalin ishlab chiqarish II navbati ishlab chiqarishi, natriy sulfit ishlab chiqarish qurilmasi ishga tushirildi. Temir xlorid ishlab chiqarish uchun sanoat sinov qurilmasining quvvati yiliga 1000 tonnagacha kengaytirildi va ishga tushirildi.
  • 2019-yil dekabr oyida yangi investitsion loyiha – “PVX, kaustik sodasi va metanol” ishlab chiqarish majmuasi ishga tushirildi.
  • 2020-yil iyun oyida yangi investitsion loyiha – nitrat kislota ishlab chiqarish majmuasi ishga tushirildi.
  • 2020-yilda “PVX, kaustik sodasi va metanol” ishlab chiqarish kompleksining metanol ishlab chiqarish bo'limi ishga tushirildi.
  • 2020-yil dekabr oyida yangi investitsion loyiha – “Ammiak va karbamid” ishlab chiqarish kompleksi ishga tushirildi.
Technology news and reviews image
Navoyiazot laboratory

2021 – Hozirgi kun

[tahrir | manbasini tahrirlash]

So‘nggi yillarda Navoiyazot O‘zbekiston kimyo sanoatining strategik markazlaridan biriga aylandi. Korxonada keng ko‘lamli modernizatsiya, yangi texnologiyalarni joriy etish hamda eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha bir qator yirik investitsion loyihalar amalga oshirildi.[8]

2019-yil 28-dekabr kuni Navoiy shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasi ishga tushirildi.[9] Ushbu majmua yiliga 100 ming tonna PVX, 75 ming tonna kaustik soda va 300 ming tonna metanol ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, mahalliy sanoat korxonalarini zarur xomashyo bilan ta’minlaydi hamda har yili 40 million dollarlik mahsulot eksport qilish imkonini yaratadi. Loyiha Xitoyning «China CAMC Engineering Co., Ltd.» va «HQC Shanghai Company» konsorsiumi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.[10]

2020–2022 yillar oralig‘ida korxonada yangi ammiak va karbamid ishlab chiqarish majmuasi ham barpo etildi. Bu loyihalar tufayli Navoiyazot yilda 660 ming tonna ammiak va 577 ming tonna karbamid ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ldi.[11] Ushbu inshootlar ishlab chiqarish jarayonining ekologik xavfsizligini ta’minlash va energiya samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.[12]

Korxona bugungi kunda «O‘zkimyosanoat» AJ tarkibiga kiradi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan bosqichma-bosqich xususiylashtirish jarayoniga tayyorlanmoqda.[13] 2023–2024 yillarda kompaniya ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, raqamlashtirish va xalqaro ISO standartlariga to‘liq moslash jarayonini davom ettirmoqda.[14]

Hozirgi kunda Navoiyazot o‘z mahsulotlarini O‘zbekiston, Markaziy Osiyo mamlakatlari, Rossiya, Turkiya va Xitoy bozorlariga yetkazib bermoqda. Korxona 8000 dan ortiq ish o‘rni yaratgan bo‘lib, mamlakat kimyo sanoati eksport salohiyatining muhim qismiga aylangan.[15]

Technology news and reviews image
Navoiyazot zavodi


Kompaniya quyidagi mahsulot toifalarida faoliyat yuritadi:

  • Noorganik kimyoviy moddalar — ammiak, ammiak selitrasi, sulfat ammiak, h.k.
  • Kislotalar va ishqorlar — turli kislota va ishqorli eritmalar.
  • Organik kimyoviy birikmalar — organik kimyoviy xom ashyolar va mahsulotlar.
  • Vodorod, inert gazlar va nometallar — azot, argon, kislorod, boshqa gazlar.
  • Mineral o‘g‘itlar — azotli, fosforli, kaliylu kompleks o‘g‘itlar (masalan NPK, AФU, NK).
  • Kraskalar va laklar — kimyo sanoatiga yo‘naltirilgan bo‘yoq va lak mahsulotlari.
  • To‘qimachilik materiallari va mahsulotlari — filtr matolari, boshqa tekstil funktsional materiallar.
  • Plastmassalar va ularning mahsulotlari — poliakrilonitril (PAN), polivinilxlorid (PVC), smolalar.
  • Eritgichlar va suyultiruvchilar — metil efiri, butil asetat va boshqa erituvchi-kimyoviy mahsulotlar.
  • Tuzlar — turli sanoat tuzlari.

Korporativ boshqaruv

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Navoiyazot korporativ boshqaruv tizimi zamonaviy xalqaro standartlar asosida tashkil etilgan bo‘lib, uning maqsadi kompaniya faoliyatining shaffofligi, samaradorligi va aksiyadorlar manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashdir.[16]

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi jamiyatning eng yuqori boshqaruv organi hisoblanadi. U kompaniyaning strategik yo‘nalishlarini belgilaydi, ustav kapitalidagi o‘zgarishlarni tasdiqlaydi, moliyaviy hisobotlarni ko‘rib chiqadi va Kuzatuv kengashi a’zolarini saylaydi.

Kuzatuv kengashi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Navoiyazot kuzatuv kengashi kompaniya boshqaruvini strategik nazorat qilish, investitsiya siyosatini shakllantirish va aksiyadorlar manfaatlarini himoya qilish vazifasini bajaradi. Kengash tarkibida quyidagi qo‘mitalar faoliyat yuritadi:

  • Strategiya va investitsiyalar qo‘mitasi
  • Audit qo‘mitasi
  • Tayinlash va mukofotlash qo‘mitasi
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish va axloqiy me’yorlarga rioya etish qo‘mitasi

Kuzatuv kengashi jamiyatning boshqaruv faoliyatini doimiy nazorat qilib boradi, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qarorlar qabul qiladi.[17]

Ijroiya organi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamiyatning joriy faoliyatini boshqarish uchun Ijroiya direksiya mas’uldir. Direksiya raisi kompaniya bosh direktori hisoblanadi. U ishlab chiqarish, moliya, eksport, ekologiya, kadrlar siyosati va innovatsion loyihalar yo‘nalishida rahbarlik qiladi.

Mulkiy tuzilma

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Navoiyazotning aksiyalar paketining:

  • 75 foiziga O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi,
  • 25 foiziga O'zbekiston Respublikasi Milliy Investitsiyalar jamg'armasi

egalik qiladi.[18]

Technology news and reviews image
Navoiyazot zavodi tunda

Asosiy mijozlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Navoiyazot mahsulotlari O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarning yirik sanoat korxonalari tomonidan keng qo‘llaniladi.[19] Asosiy iste’molchilar orasida quyidagilar mavjud:

  • Qishloq xo‘jaligi sektori — mineral o‘g‘itlar va azot-fosforli mahsulotlar mahalliy dehqon xo‘jaliklari, agrokomplekslar va fermer xo‘jaliklariga yetkazib beriladi.
  • Neft-gaz va kimyo sanoati — «O‘zkimyosanoat» tizimidagi korxonalar, shuningdek, «O‘zbekneftgaz» tarkibidagi ishlab chiqarish birlashmalari uchun texnik kimyoviy reagentlar va xom ashyolar ishlab chiqariladi.
  • Metallurgiya va qurilish sanoati — PVX, kaustik soda, metanol, karbamid va boshqa kimyoviy mahsulotlar metall buyumlar, elektr kabel, plastmassa va qurilish materiallari ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.[20]
  • Xorijiy mijozlar — kompaniya mahsulotlari Rossiya, Xitoy, Turkiya, Qozog‘iston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlariga eksport qilinadi.[21]
  • Navoiyazot tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar xalqaro standartlarga mos sertifikatlar bilan tasdiqlangan bo‘lib, ularning eksport salohiyati yil sayin oshib bormoqda.

Tashqi havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. O‘zkimyosanoat – Navoiyazot haqida
  2. O‘zkimyosanoat
  3. Korxona pasporti – Navoiyazot.uz
  4. Yuz.uz
  5. Korxona pasporti – Navoiyazot.uz
  6. Navoiyazot AJ – Yillik hisobot
  7. Orginfo.uz
  8. Navoiyazot – Bugun
  9. Gazeta.uz – Navoiyazot negizida yangi majmua ishga tushirildi
  10. Prezident.uz – PVX va metanol majmuasi ochilishi
  11. Yuz.uz – Ammiak va karbamid majmuasi
  12. Rivojlanish istiqbollari – Navoiyazot.uz
  13. Davaktiv.uz – Navoiyazot xususiylashtirish strategiyasi
  14. O‘zkimyosanoat – Navoiyazot haqida
  15. Orginfo.uz – Navoiyazot ma’lumotlari
  16. [https://www.navoiyazot.uz/uz/menu-81/boshqaruv-organlari Navoiyazot boshqaruv organlari]
  17. [https://www.navoiyazot.uz/uz/menu-81/boshqaruv-organlari Navoiyazot boshqaruv tizimi haqida ma’lumot]
  18. [1]
  19. [https://www.navoiyazot.uz/uz/menu-42/korxona-pasporti Navoiyazot – Korxona pasporti]
  20. [https://www.gazeta.uz/oz/2019/12/28/entreprise/ «Gazeta.uz» – Navoiyazot negizida yangi majmua ishga tushirildi]
  21. [https://uzkimyosanoat.uz/en/enterprise/manufacture/navoiazot UzKimyoSanoat – Navoiyazot korxonasi]