REVEALED: Nataliya Xarakoz - Everything We Know
| Nataliya Xarakoz | |
|---|---|
| Tavalludi |
13-iyul 1935-yil |
| Vafoti |
29-mart 2022-yil (86 yoshda) Mariupol, Ukraina |
| Fuqaroligi | SSSR va Ukraina |
| Kasbi | jurnalist, yozuvchi |
Nataliya Georgiivna Xarakoz (ukraincha: Наталія Георгіївна Харакоз; 1935-yil 13-iyul, Mariupol, Ukraina SSR, SSSR – 2022-yil 29-mart, Mariupol, Ukraina) – ukrainalik jurnalist va yozuvchi. Xarakoz 1971-yilda Ukraina Milliy Jurnalistlar Uyushmasi aʼzosi boʻlgan va 1998-yilda Mariupoldan Ukraina Milliy Yozuvchilar uyushmasiga qoʻshilgan birinchi ayol sifatida tarixga kirgan[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xarakoz 1935-yil 13-iyulda Mariupolda yunonlar oilasida tugʻilgan[2]. 1959-yilda Jdanov metallurgiya instituti (hozirgi Pryazovskiy davlat texnika universiteti) ni tamomlagan[1].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xarakoz oʻz faoliyatini 1967-yilda Mariupoldagi shahar gazetasi „Pryazovskiy Robochyi“ tahririyatiga ishga kirishdan oldin sanoat zavodida dizayner boʻlib ishlagan. Turli yillarda adabiy xodim, 1970—1979-yillarda xatlar boʻlimi mudiri, 1980-yildan sharhlovchi, 2001-yildan gazeta qoshidagi „Azov“ adabiy klubiga rahbarlik qilgan. Mariupollik yosh ijodkorlarga yoʻl-yoʻriq koʻrsatgab, ularni qoʻllab-quvvatlab, ularning ilk ijodiy shakllanishida muhim rol oʻynagan. Qariyb oʻttiz yil davomida klubning yetakchisi boʻlgan[2][1].
Xarakozning badiiy asarlari Ukraina, Gretsiya, Gruziya, Rossiya va Amerika Qoʻshma Shtatlarida nashr etilgan boʻlib, ular ocherklar, hikoyalar, qissalar, lirik miniatyuralar va chizgilarni oʻz ichiga oladi. Uning ijodida yunon mavzulari alohida oʻrin egallagan, baʼzi asarlari esa yunon tilida yozilgan. Xarakoz nasrida koʻpincha lirik, muloyim ayol qahramonlar – sheʼriyatga yaqin va hamdard qiyofalar tasvirlangan, ular yozuvchining nozik hikoyanavisligini aks ettirgan. Yozuvchi tahrir qilgan va tuzgan adabiy-badiiy toʻplamlar orasida „Lira yulduz turkumidagi Mariupol“ (1994—2013), „Mening Elladam—Ukraina“ (1998), „Biz Azovdanmiz“ (1999), „Debyut“ (2001) va „Vahiylar“ (2009) bor. Uning „Azov qirgʻogʻi qissalari“ kitobi 2022-yilda Kiyevda chop etilgan[1][3].
Xarakozning soʻnggi asari „Toʻqnashuv chizigʻida“ Rossiyaning keng koʻlamli bosqinidan bir necha kun oldin, 2022-yil 20-fevralda nashr etilgan hamkorlik toʻplami boʻlgan. Unda Ukraina Milliy Yozuvchilar uyushmasining Donetsk mintaqaviy boʻlimidagi boshqa mualliflar bilan birga yozuvchining asarlari ham oʻrin olgan. Toʻplamga yozuvchining „Dengiz bahori va shahar“ hamda „Dengiz buluti“ asarlari kiritilgan. Jamoat hayotida faol ishtirok etgan Xarakoz „Mriya“ ayollar klubini tashkil etgan, shahar ayollar kengashida faoliyat yuritgan va Ukraina yunon jamiyatlari federatsiyasining Butun Ukraina maktab olimpiadalari hakamlar hay’ati aʼzosi boʻlgan[2].
Oʻlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mariupol qamali paytida oʻz kasbiga sodiq qolgan Xarakoz haqida fikr yuritgan shaharlik qarindoshi va hamkasbi Anna Kotixova, Xarakozning ogʻir sharoitlarga qaramay, ijodini davom ettirganini eslaydi. Xarakoz Kotixovaga qoʻlyozmalarini elektron pochta orqali yuborib, internetga ulanishni yoʻqotishdan oldin ularni saqlab qolishni iltimos qilgan. Kotixova raqamli fayllar saqlanib qolgan taqdirda ham, Xarakozning bosma kitoblaridan birortasi ham qolmagan boʻlishi mumkinligidan xavotirga tushgan[4]. 2022-yil 29-martda Xarakoz uyi Rossiya tomonidan oʻqqa tutilishi natijasida yonib ketgan va yozuvchining oʻzi halok boʻlgan[5][6]. Yaʼni yozuvchi yertoʻlada boshpana izlarkan, bino qulab tushishi oqibatida vafot etgan. Aloqaning uzilishi va qamal paytidagi tartibsizliklar tufayli oilasi faqat aprel oyi boshida yozuvchining qoʻshnilari orqali uning taqdiri haqida xabar topishgan; jasadi esa may oyigacha topilmagan[4][7].
Nabirasining aytishicha, Xarakoz qoʻshnilarining ovqat ulashishi tufayli oʻn kundan ortiq vaqt davomida yer ostida tirik qolgan. Biroq, zarur dori-darmonlardan foydalana olmagani uning vafotiga sabab boʻlgan boʻlishi mumkin. Keyinchalik yozuvchining jasadi aniqlangan, chunki qoʻshnisi yozuvchini dafn etishdan oldin choʻntagiga ismini yozib qoʻygandi. Yozuvchi keyinroq Eski Qrim qabristoniga qayta dafn etilgan[8]. Hozirda Ukraina Milliy politsiyasi yozuvchining oʻlimini Jinoyat kodeksining 438-moddasi 2-qismi – „Urush qonunlari va odatlarini buzish“ boʻyicha tergov qilmoqda. Uning ishi Rossiyaning keng koʻlamli bosqini paytida xizmat vazifasini bajarish chogʻida yoki tinch fuqaro sifatida halok boʻlgan jurnalistlarning oʻlimi boʻyicha olib borilayotgan 17 ta tergovdan biridir[9].
Sarlavha matni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xarakoz quyidagi mukofot va faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan: [2]
- Ukraina jurnalistikasining Oltin medali
- Ukraina Milliy Yozuvchilar uyushmasi faxriy mukofoti
„Mehnat faxriysi“ medali
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „Коваль Олександра Андріївна“ (uk). esu.com.ua. Encyclopedia of Modern Ukraine (2013). 2020-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 16-aprel.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 „Наталія Харакоз“ (uk). www.aup.com.ua. АУП (2024-yil 22-aprel). Qaraldi: 2025-yil 17-aprel.
- ↑ „У Маріуполі загинула журналістка і письменниця Наталя Харакоз“ (uk). chytomo.com. Chytomo (2022-yil 3-may). Qaraldi: 2025-yil 17-aprel.
- ↑ 4,0 4,1 „Ukraine: Natalia Kharakoz Killed in Russian-Occupied Mariupol“ (en-US). www.womeninjournalism.org. Coalition For Women In Journalism (2022-yil 29-mart). Qaraldi: 2025-yil 17-aprel.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Natalia Kharakoz“ (en). journalistsmemorial.gongadzeprize.com.ua. Journalists Memorial (2022-yil 29-mart). Qaraldi: 2025-yil 17-aprel.
- ↑ „28 journalists deceased in Ukraine due to russian invasion“ (en-EN). imi.org.ua. Institute of Mass Information (2022-yil 19-may). Qaraldi: 2025-yil 17-aprel.
- ↑ „Journalist and author Natalia Kharakoz dies in Mariupol“ (en-EN). imi.org.ua. Institute of Mass Information (2022-yil 3-may). Qaraldi: 2025-yil 17-aprel.
- ↑ „Наталя Харакоз“ (uk). www.victims.memorial. Меморіал (2022-yil 29-mart). Qaraldi: 2025-yil 17-aprel.
- ↑ „Law enforcement investigates 19 cases of journalists killed by Russians during full-scale invasion“ (en-GB). zmina.info. ZMINA (2023-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2025-yil 17-aprel.