EXCLUSIVE: Nasafiy (mufassir) - Complete Analysis
Abul Barakot Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud an-Nasafiy | |
|---|---|
أبو البركات النسفي | |
| Unvoni | Hafiziddin („Dinning himoyachisi“) |
| Shaxsiy maʼlumotlar | |
| Vafoti |
hijriy 710-yil (milodiy 1310-yil) Bagʻdod (Izojda dafn etilgan) |
| Dini | Islom |
| Era | Islom oltin davri |
| Hudud | Movaraunnahr |
| Mazhab | Sunniylik |
| Yurisprudensiya | Hanafiylik |
| Imom | Moturidiylik |
| Asosiy qiziqish(lar)i | Tafsir, Fiqh, Usul al-Fiqh, Usul al-Din, Aqida, Kalom, Tavhid, Hadis ilmi |
| Mashhur ish(lar)i | Madorik at-tanzil va haqoyiq at-taʼvil |
Nasafiy, Abul Barakot Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud an-Nasafiy (? —1310, Bagʻdod) – mufassir, muhaddis, fiqhshunos. Ustozi Muhammad ibn Abdusattor al-Kardariy boʻlgan. Nasafiy fiqhga doir koʻplab asarlar yozgan. Olimning „Kanz ud-daqoiq“ („Daqiq masalalar xazinasi“) asari ayniqsa mashhur. Unda musulmon huquqshunosligi asoslari, hanafiylik va shofiʼiylik mazhablarining oʻziga xos qiyosiy jihatlari aks etgan. Bu risola Nasrulloh ibn Muhammad ibn Jammod al-Irdi Kermoniy tomonidan fors tiliga tarjima qilingan. Nasafiyning „Madorik at-tanzil va haqoyiq at-taʼvil“ („Nozil qilingan Qurʼon maʼnolari va tafsir qilish haqiqatlari“) tafsir kitobi ham mashhur. Uni taʼlif etishda imom Zamaxshariyning „Kashshof“ tafsiridan foydalangan. Nasafiy tafsiri hozirgacha ulamolar va ilmi toliblar oʻrtasida shuhrat topib kelmoqda va undan islom oʻquv yurtlarida qoʻllanma sifatida foydalanilmoqda. Nasafiy hayotining soʻnggi yillarida Bagʻdodda mudarrislik qilgan. Nasafiy asarlari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institutining qoʻlyozmalar fondida, boshqa kitob xazinalarida saqlanmoqda[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Islom shaxsiyati haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- Bagʻdodda vafot etganlar
- Hanafiylar
- Nuqsonli RERO identifikatorlari boʻyicha Vikipediya maqolalari
- Islom shaxsiyatlari haqidagi chala maqolalar
- Qarshida tugʻilganlar
- 1310-yilda vafot etganlar
- Shayx ul-islomlar
- Qurʼon tafsirchilari
- Qurʼon tarjimonlari
- Hanafiy fiqh ulamolari
- Moturidiylar
- Sunniy musulmon ulamolar
- Oʻzbekiston tarixi
- Tojikiston tarixi
- Eron tarixi