EXCLUSIVE: Nadia Ghulam - Full Coverage
| Nadia Ghulam | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
4-iyun 1985-yil |
| Fuqaroligi |
|
| Kasbi | yozuvchi |
| Mukofotlari | Prudenci Bertrana mukofoti |
| Veb-sayti | nadiaghulam.com |
Nadia Ghulam Dastgir (talaffuzi: Nadia Gʻulom Dastgir; 1985-yil 4-iyun, Kobul, Afgʻoniston Demokratik Respublikasi) — Tolibonning ayollarga nisbatan tazyiqi tufayli oʻn yil davomida oʻzini vafot etgan akasi oʻrnida erkak qilib koʻrsatib yurgan afgʻon ayoli[1][2]. Nadianing Agnès Rotger bilan birgalikda yozgan va 2010-yilda nashr etilgan oʻzining hayoti haqidagi „El secret del meu turbant“ („Sallamning siri“) kitobi badiiy adabiyot uchun beriladigan Prudenci Bertrana mukofotiga sazovor boʻlgan[1][3].
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nadia 1985-yil 4-iyunda Kobulda tugʻilgan. 1993-yilda uyining bir qismi bomba tufayli vayronaga aylangan. Shundan keyin ikki yil davomida turli shifoxonalarda portlash paytida olgan jarohatlarini davolagan. Nadia 11 yoshga toʻlganida Tolibon Kobulni oʻz nazorati ostiga oladi, shu sababdan Nadia onasi bilan birga oʻzini oʻgʻil bola sifatida koʻrsatishga qaror qiladi, buning uchun bomba tufayli halok boʻlgan akasi Zelmaining shaxsini oʻzlashtirga toʻgʻri kelgan[1], shundan soʻng Nadia uydan xotirjam chiqib, oilasini boqish uchun ishlay boshlagan, chunki otasi ruhiy kasallikdan aziyat chekib, oilani moddiy taʼminlay olmagan[1][2][4][5]. Oʻgʻil bola boʻlib, Qur’onni oʻrgangan va masjidda yordamchi boʻlgan, 16 yoshida esa Nadiaga oʻqishni davom ettirishga ruxsat berilgan[2]. XXI asr boshlarida Afgʻonistonda yangi urush boshlanishi bilan Nadianing taqdiri ommaga maʼlum boʻlgan va 2003-yildagi „Osama“ filmining suratga olinishiga sabab boʻlgan[2]. 2006-yilda Kobuldagi „Associació per als Drets Humans a l’Afghanistan“ („Afgʻonistondagi inson huquqlari assotsiatsiyasi“) xalqaro nodavlat tashkiloti Nadiaga Kataloniyaga koʻchib oʻtishga yordam berishgan va oʻsha yerda yuziga rekonstruktiv jarrohlik operatsiyasini qildirgan[5]. Agnès Rotger bilan birga Nadia badiiy adabiyot uchun Prudenci Bertrana mukofotiga sazovor boʻlgan „El secret del meu turbant“ („Sallamning siri“) kitobini 2010-yilda chop etgan. 2014-yilda Joan Soler i Amigó bilan birgalikda Mención Especial Mare Terra mukofotiga sazovor boʻlgan „Contes que em van curar“ („Meni davolagan ertaklar“) va 2016-yilda Javier Diéguez bilan birgalikda „La Primera estrella de la noche“ („Tundagi birinchi yulduz“) kitoblarini nashr qilishgan[5]. 2016-yilda ijtimoiy taʼlim yoʻnalishida bakalavr va 2019-yilda xalqaro rivojlanish yoʻnalishida magistr darajasini olgan[5]. Yana Carles Fernández Giua tomonidan uning hayoti asosida suratga olingan „Nadia“ dramatik hujjatli filmida ham suratga tushgan[6]. 2016-yilda Nadia „Ponts per la pau“ („Tinchlik uchun koʻpriklar“) nodavlat tashkilotiga asos solgan, tashkilot Kataloniyaga koʻchib oʻtgan muhojirlar uchun til kurslarini oʻrgatishga hamda Afgʻonistondagi maktab oʻquvchilariga oʻqish uchun oʻquv materiallar bilan yordam beradi[7]. 2021-yilda Nadia Tolibonning yana hokimiyatga qayitb kelishi oqibatida afgʻonlarni evakuatsiya qilish ustida ishlagan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Анелиз Боржес. „Надя Гулам: "Моя борьба только началась"“ (ruscha) (2021-yil 25-avgust). 2026-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 10-mart.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Lola Galán, «Mi vida como un hombre» Wayback Machinedagi asl nusxadan arxivlangan arxiv nusxasi. (11-may 2023-yil).
- ↑ „Nadia Ghulam“. Centre de Cultura Contemporània de Barcelona (CC-BY-SA via OTRS). 2026-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 10-mart.
- ↑ Robert Parsons, «Being a man was 'the only way to survive' under the Taliban» Wayback Machinedagi asl nusxadan arxivlangan arxiv nusxasi. (8-may 2023-yil), France 24.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 „Tarragona. Premis Ones Mediterrània 2020, Nadia Ghulam, premiada con la ‘Mención Especial Mare Terra’“ (ispancha). Noticias de Ecología y Medio Ambiente (2020-yil 11-may). 2026-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 10-mart.
- ↑ „La Conquesta Del Pol Sud“ (ispancha). www.laconquesta.com. 2026-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 10-mart.
- ↑ Augusto Magaña, «'S’ha de donar eines als immigrants perquè puguin millorar els seus països'» Wayback Machinedagi asl nusxadan arxivlangan arxiv nusxasi. (8-may 2023-yil), L’Independent de Badalona.