TRENDING: Muqimjon Qirg%CA%BBizboyev | Latest Update
- Vikipediyada ismi Muqimjon va familiyasi Qirgʻizboyev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Muqimjon Qirg'izboyev | |
|---|---|
| Tavalludi |
2-may 1948-yil |
| Fuqaroligi |
|
| Taʼlimi | Andijon davlat pedagogika instituti |
| Kasbi | Oʻqituvchi |
| Faoliyat yillari | 1963-yildan hozirgacha |
| Millati | Oʻzbek |
| Dini | Islom |
| Unvoni | Siyosiy fanlar doktori, professor |
| Mukofotlari |
|
Muqimjon Qirgʻizboyev (1948-yil, Namangan viloyati) – siyosatshunos, siyosiy fanlar doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1948-yil 2-mayda Namangan viloyatida tavallud topgan. Millati oʻzbek. Maʼlumoti oliy. 2007-yilda siyosiy fanlar doktori, 2009-yilda esa Professor unvoni berilgan.
1963—1965-yillarda Andijon shahri 10-professional texnika bilim yurti oʻquvchisi
1965—1968-yillarda Qoʻqon avtomobil-yoʻl texnikumi oʻquvchisi.
1968—1973-yillarda Andijon davlat pedagogika instituti talabasi.
1972—1973-yillarda Andijon davlat pedagogika instituti komsomol qoʻmitasi kotibi
1973—1974-yillarda Harbiy xizmatda.
1974—1975-yillarda Andijon davlat pedagogika instituti komsomol qoʻmitasining kotibi, falsafa kafedrasining oʻqituvchisi.
1975—1978-yillarda Toshkent davlat universiteti aspiranti.
1979—1989-yillarda Andijon davlat pedagogika instituti „Tarix“ kafedrasi oʻqituvchisi va katta oʻqituvchisi.
1989—1991-yillarda Andijon davlat pedagogika instituti „Siyosiy tarix“ kafedrasi mudiri
1991—1992-yillarda Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Andijon shahar kengashining birinchi kotibi.
1992—1993-yillarda Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi ikkinchi kotibi.
1993—1996-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida yetakchi konsultant.
1997—1998-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtidorli yoshlarning chet elda taʼlim olishlarini qoʻllab-quvvatlash „Umid“ jamgʻarmasi ijrochi direktori.
1996—2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida professor va kafedra mudiri.
2001—2008-yillarda oʻrindoshlik asosida Germaniyaning Konrad Adenauer fondi Markaziy Osiyo boʻyicha vakolatxonasida seminar rahbari.
2012—2017-yillarda Andijon davlat universitetida professor.
2018-yildan boshlab Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida kafedra mudiri lavozimida ishlamoqda.
2022-yilda „Sotsiologiya“ oʻquv qoʻllanmalari va 2024-yilda „Siyosatshunoslik“ kitoblari nashr etilgan.
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muallifning 200 dan ortiq ilmiy maqolalari eʼlon qilingan boʻlib, ulardan 30 tasi xorijiy va xalqaro ilmiy jurnallarda eʼlon qilingan. Uning 1998-yilda "Fuqarolik jamiyati: siyosiy partiyalar, mafkuralar va madaniyatlar monografiyasi, 2006-yilda Germaniyaning Konrad Adenauer fondi homiyligida „Fuqarolik jamiyati: nazariya va xorijiy tajriba“ monografiyasi, 2006-yilda „Fuqarolik jamiyati institutlari“ oʻquv qoʻllanmasi, 2007-yilda „Partologiya“ oʻquv qoʻllanmasi, 2010-yilda „Fuqarolik jamiyati: genezisi, shakllanishi va rivojlanishi“ monografiyasi, 2013-yilda „Siyosatshunoslik“ oʻquv qoʻllanmasi[1], 2017-yilda „Sosiologiya“ oʻquv qoʻllanmasi, shuningdek 2014-yilda hammualliflikda „Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi amaliyoti“ oʻquv qoʻllanmasi va 2021-yilda „Zamonaviy saylov texnologiyalari“ kabi kitoblari nashr etildi.
2022-yilning oktyabr oyida uning oliy oʻquv yurti talabalari uchun moʻljallangan „Sotsiologiya“ darsligi nashr etildi[2].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabiiysi“ (2021), „Mustaqillikning bir yilligi“ nishoni (1992), „Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim aʼlochisi“ nishoni (2000) mukofotlari bilan taqdirlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Muqimjon Qirgʻizboev
- ↑ „Sotsiologiya“. 2022-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-dekabr.