JUST IN: Mujtabo Xomanaiy - The Verge Report

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mujtabo Xomanaiy
forscha: سید مجتبی حسینی خامنه‌ای
Technology news and reviews image
Mujtabo Xomanaiy 2026-yilda
3-Eron Islom Respublikasi Oliy rahbari
Mansab davri
2026-yil 8-mart – hozir
Prezident Masʼud Pizishkiyon
Vitse-prezident Mohammad Reza Aref
Oʻtmishdoshi Ali Xomanaiy
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 8-sentyabr 1955-yil (1955-09-08) (70 yosh)
Mashhad, Pahlaviy Eroni
Turmush oʻrtogʻi Zahro Haddod-Odil ​(2004—2026)
Bolalari 3
Onasi Mansur Hojasta Bagʻirzoda
Otasi Ali Xomanaiy (otasi)
Taʼlim Qum seminariyasi
Mansubligi Eron
Qoʻshin turi Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi
Basij
Xizmat yillari 1987–2010

Sayyid Mujtabo Husayniy Xomanaiy (forscha: سید مجتبی حسینی خامنه‌ای1955-yil 8-sentabr, Mashhad) — eronlik din arbobi va mamlakatning nufuzli davlat arbobi. Ali Xomanaiyning oʻgʻli. Eron Islom Respublikasining uchinchi Oliy rahbari[1][2].

1969-yilda Mashhadda (Razaviy Xuroson ustoni) tugʻilgan. Eron rahbari Ali Xomanaiy ikkinchi farzandi. Maktabni tugatgach, ilohiyotni oʻrganadi. Uning ilk ustozlari Oyatulloh Sayid Mahmud Hoshimiy Sharudiy hamda otasi edi. 1999-yilda shialar uchun muqaddas boʻlgan Qum shahridagi diniy markazida oʻqishni davom ettirgan, soʻngra ulamo boʻlgan. Bu yerda unga Mesboh Yazdiy, Oyatulloh Lotfola Safi Golpayeganiy va Muhammad Bagʻir Hazariy[3] kabi ilohiyot olimlari ustozlik qilgan.

Siyosiy faoliyat va taʼsir doirasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirda Mojtaba Qum shahrining diniy markazida ilohiyotdan dars beradi [4]. U Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajodning doimiy tarafdori boʻlib, 2005- va 2009-yillardagi saylovlarda uni qoʻllab-quvvatlagan[5]. Uning otasi, Eron Rahbari Ali Xomanaiy, uning mamlakat ishlariga taʼsirini zaiflashtirishga harakat qiladi. Manbalardan biriga koʻra, ushbu nomuvofiqlik munosabati bilan Mujtabo mamlakat oliy rahbariga suiqasd uyushtirishga aloqador boʻlgan va gumonlanib hibsga olingan[6]. 2013-yilda Ahmadinejod uni davlat mablagʻlarini oʻgʻirlashda ayblaganidan soʻng, tahlilchilar ularining siyosiy ittifoqi tugashi haqida fikr bildira boshlaydilar[7].

Eronning koʻplab tadqiqotchilari fikriga koʻra, Mujtabo Ahmadinejodning saylovdagi gʻalabasida „muhim rol oʻynagan“[8] va hatto 2009-yil iyunida [9] norozilik namoyishlarini qatʼiy bostirishga hissa qoʻshgan. 2009-yil yozida norozilik kayfiyatini tinchlantirishda muhim rol oʻynagan Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusiga rasman boʻysunuvchi Basij koʻngilli militsiyasini bevosita boshqarishi haqidagi versiya ham bor[8].

Koʻpgina matbuot xabarlariga koʻra, Mujtabo otasiga kuchli taʼsir koʻrsatadi va uning vorislaridan biri hisoblanadi[8]. Biroq, Eron Konstitutsiyasiga koʻra, oliy rahbar (Rahbar) lavozimi meros boʻlib oʻtmasligi sababli, hamma ham bu versiya amalga oshishiga ishonmaydi. Oliy rahbar lavozimi — bu saylanadigan lavozim boʻlib, yangi Rahbar ekspertlar kengashi tomonidan saylanadi va uni meros qilib qoldirish mumkin emas. Qolaversa, ekspertlarning taʼkidlashicha, „Mujtabo oʻzining kuchli, mustaqil yoʻldan yurish qobiliyatini namoyish etmagan“ va u shia ulamosi boʻlishiga qaramay, rahbar boʻlish uchun zaruriy diniy maqomga ega emas[8]. Koʻpgina konservatorlar, jumladan, IIQKning yuqori iyerarxiyasi Mujtaboni qoʻllab-quvvatlaydi. Koʻpchilik Oliy rahbar oʻgʻlini diniy va siyosiy maqomi bir kun kelib uni oʻz vorisi deb eʼlon qilishi uchun yetarli, deb hisoblaydi[5].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mujtabo Eron majlisining sobiq raisi Gʻulom-Ali Odilning qiziga uylangan[10]. Wikileaks saytida chop etilgan maʼlumotlardan biriga koʻra, Mujtabo 2007-yilda Ali ismli oʻgʻil koʻrgan[11].

  1. Sahimi, Mohammad. „Nepotism & the Larijani Dynasty“. PBS (2009-yil 20-avgust). 2017-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 11-fevral.
  2. „Raisiyning o‘limi Eron oliy rahnamosi o‘g‘lini otasining asosiy vorisiga aylantirdi — Politico“. daryo.uz. Qaraldi: 25-mart.
  3. Diba, Bahman Aghai. „Supreme Leader of Iran and His Successor“. Payvand (2011-yil 4-mart). 2014-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 18-iyun.
  4. „Iran's Political Elite“. United States Institute of Peace. 2013-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-iyul.
  5. 5,0 5,1 Jeffrey Fleishman. „Iran supreme leader's son seen as power broker with big ambitions“. Los Angeles Times (2009-yil 25-iyun). 2009-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 25-iyun.
  6. „Сына верховного аятоллы Ирана обвинили в покушении на отца“. 2014-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-noyabr.
  7. Nikolas, Katerina. „Ahmadinejad accuses Ayatollah Khamenei's son of embezzlement“. Dijital Journal (2013-yil 15-yanvar). 2012-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 11-fevral.
  8. 8,0 8,1 8,2 8,3 Borger, Julian. „Khamenei's son takes control of Iran's anti-protest militia“. The Guardian (2009-yil 8-iyul). 2013-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 11-iyul.
  9. Jeffrey Fleishman. „Khamenei's son: Iran experts say he plays key role in protest crackdown“. Chicago Tribune (2009-yil 25-iyun). 2009-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 25-iyun.
  10. Bazoobandi, Sara. The 2013 presidential election in Iran(aniqlanmagan) // MEI Insight. — 2013. — 11 January (т. 88). Архивировано 25 sentyabr 2015 года.
  11. „Expat source's information and views on Mojtaba Khamenei“. The Telegraph (2011-yil 4-fevral). 2018-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 18-fevral.