CONFIRMED: Muhayyo Abdusattorova - Complete Analysis

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Muhayyo va familiyasi Abdusattorova boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Muhayyo Abdusattorova
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 10-avgust 2005-yil (2005-08-10) (20 yosh)
Sport
Qaysi sport para akademik eshkak eshish
Murabbiy(lar)i Otabek Abduvaliyev

Muhayyo Abdusattorova (2005-yil 10-avgustda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik para akademik eshkak eshuvchisi. Musoboqalarda PR1W1X klassida ishtirok etadi.

2022-yildan buyon para akademik eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi hisoblanadi. Hanchjou-2022 Para Osiyo oʻyinlarida bronza medalni qoʻlga kiritgan. 2024-yil Shveytsariyaning Luzern shahrida boʻlib oʻtgan Jahon litsenzion turnirida Parij-2024 Yozgi Paralimpiada oʻyinlariga toʻgʻridan-toʻgʻri litsenziyani qoʻlga kiritgan[1].

  1. „Muhayyo Abdusattorova“. paralympic.uz. Qaraldi: 3-sentabr 2024-yil.