NEW: Mix ota masjidi - What You Need To Know
| Masjid | |
Mix ota masjidi
| |
![]() | |
| Mamlakat | |
| Hudud | Navoiy viloyati |
| Joylashuvi | Guliston MFY |
| Manzil | Konimex tumani |
| Yoʻnalishi | sunniy |
| Mulkdor | Davlat |
| Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
| Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
| Binokorlik | 2017—2019-yil 9-aprel |
| Soʻngi imom | Yandashev Rahmatulloh Ochil o'g'li |
| Gumbazlar soni | 5 ta |
| Gumbazlar soni | 5 ta |
| Minoralar soni | 1 ta |
| Minoralar soni | 1 ta |
| Holati | amaldagi |
Mix ota masjidi — Navoiy viloyati Konimex tumani Qurama qishlogʻida joylashgan masjid[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mix ota masjidi Konimex tumani „Guliston“ MFY, Qurama qishlogʻida joylashgan. 1993—1995-yillar oraligʻida oʻsha davrdagi Konimex tuman hokimi Poʻlat Sulaymonov va Imomqul Xaitovning tashabbusi bilan asosan hashar yoʻli bilan qurilgan. Namoz oʻqish honaqohi 120 nafar odamga moʻljallangan edi, 2019 yilning 9 aprelida 1000 kishiga mo'ljallangan yangi masjid foydalanishga topshirildi. Eski bino Madaniy me'roslar qatoriga kiritildi. Namoz oʻqish xonasi, xonaqoh, imom xatib uchun alohida xonalar, hojatxona va tahoratxonalari mavjud. Isitish tarmogʻi, yoritish chiroqlari soz holatda, atrofi obodonlashtirilgan, 4 ta kuzatuv kameralari ishlab turibdi. Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi tasarrufidagi Navoiy viloyat vakilligi mas’ul tashkilot. „Mix ota“ masjidi bir vaqtning oʻzida 1 000 nafardan ortiq namozxonni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi[2]. Yangi masjid binosida Xonaqoh, Masjid imomi xonasi va Imom-noibi xonalari bor. Imom-noibi xonasida 500 dan ziyod diniy,ilmiy va ommaviy kitoblar joy olgan javon mavjud. Yangi masjidda Yandashev Rahmatulloh domla imomlik qiladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Konimexliklarning Prezidentdan masjid qurish bo‘yicha iltimosi oradan ikki yil o‘tib amalga oshdi“ (daryo.uz). 2023-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.
- ↑ „Prezidentdan masjid qurib berishni so‘ragan konimexliklarning istagi amalga oshdi“ (kun.uz). 2023-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.
| Masjid haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
