REPORT: Missuri (daryo) - Complete Analysis
| Missuri | |
|---|---|
| inglizcha: Missouri | |
| Tavsif | |
| Uzunligi | 4 740 |
| Maydoni | 1 370 000 km² |
| Suv sarfi | 2 478 m³/s |
| Joylashuvi | |
| Davlat | AQSh |
| Missuri (daryo) | |
Missuri yoki Missouri (mahalliy indeyslar tilida — loyqa daryo) — AQShdagi daryo, Mississipi daryosining eng katta oʻng irmogi. Uzunligi 4740 km, havzasining maydoni 1370 ming km² (shundan 10 ming km² Kanada hududida). Qoyali togʻlarning sharqiy yon bagʻridan boshlanadi. Oʻrta oqimi Missuri platosi (baʼzida daralardan oqib, ostonalar hosil qiladi) va quyi qismi Markaziy tekisliklar orqali oʻtgan. Suvi juda loyqa. Yirik irmoklari: Yellouston, Platt, Kanzas. Missuri yuqori oqimida qordan, oʻrta va quyi oqimida koʻproq yomgʻirdan suv oladi. Bahorda suvi koʻpayadi (etagida suv satqi 8–12 m gacha koʻtariladi), kuchli toshqinlar boʻladi. Oʻrtacha suv sarfi 2600 m³/sek., toshganda 19000 m³/ sek., suvi kamayganda 150–170 m³/sek. boʻladi. Daryo yiliga 220 mln. t oqiziq keltiradi. Katta suv omborlari (Fort-Pek, Garrison, Oaxe) qurilgan boʻlib, ulardan suv oqimini tartibga solib turish, irrigatsiya va energetika maqsadlarida foydalaniladi. Daryoda yirik kemalar Su-Siti shahrigacha, kichikroq kemalar Fort-Benton shahrigacha qatnaydi. Missuri boʻyida Omaxa, Kansas-City va boshqa shaharlar joylashgan.[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |