URGENT: Mihaela Cambei - The Verge Report
| Mihaela Cambei | |
|---|---|
|
Cambei 2018-yilgi Yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Fuqaroligi |
|
| Tavallud sanasi |
2002-yil 18-noyabr Dofteana, Ruminiya |
| Boʻyi | 165 cm |
| Sport | |
| Qaysi sport | Ogʻir atletika |
| Sport mukofotlari | ||
|---|---|---|
| Olimpiada oʻyinlari | ||
| Kumush | Parij 2024 | 49 kg |
| Og‘ir atletika bo‘yicha Yevropa chempionati | ||
| Oltin | Yerevan | 49 kg |
Mihaela Valentina Cambei (2002-yil 18-noyabrda tugʻilgan) – ruminiyalik ogʻir atletikachi[1]. U Fransiyaning Parij shahrida boʻlib oʻtgan 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ayollar oʻrtasidagi 49 kg vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2023-yilda Armanistonning Yerevan shahrida oʻtkazilgan ogʻir atletika boʻyicha Yevropa chempionatida ayollar oʻrtasidagi 49 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan[2]. Shuningdek, u 2024-yilda Bolgariyaning Sofiya shahrida oʻtkazilgan Yevropa chempionatida ham oʻz vazn toifasida oltin medalga sazovor boʻlgan.
Hayoti va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yilda Cambei Buenos-Ayres (Argentina) shahrida boʻlib oʻtgan Yozgi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlarida 48 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi[3][4][5].
2019-yilda u Buxarest (Ruminiya) shahrida tashkil etilgan ogʻir atletika boʻyicha Yevropa oʻsmirlar va U23 chempionatida ayollar oʻrtasidagi 49 kg vazn toifasida siltab koʻtarish, dast koʻtarish hamda umumiy hisobda kumush medalga sazovor boʻldi[6].
2021-yilda Cambei Moskva (Rossiya) shahrida oʻtkazilgan ogʻir atletika boʻyicha Yevropa chempionatida ayollar oʻrtasidagi 49 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi[7]. Shuningdek, Toshkent (Oʻzbekiston) shahrida boʻlib oʻtgan ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ushbu toifada kumush medalni qoʻlga kiritdi[8].
2022-yilda u Durrës (Albaniya) shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa oʻsmirlar va U23 chempionatida oʻz vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi[9].
Cambei 2022-yilda Bogota (Kolumbiya) shahrida oʻtkazilgan ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida ayollar oʻrtasidagi 49 kg vazn toifasida siltab koʻtarish dasturida kumush medal sohibi boʻldi[10][11]. 2023-yilda u Yerevan (Armaniston) shahrida oʻtkazilgan Yevropa chempionatida ayollar oʻrtasidagi 49 kg vazn toifasida oltin medalni, shuningdek siltab koʻtarish va dast koʻtarish dasturlarida ham oltin medallarni qoʻlga kiritdi. U 2023-yilda Riyod (Saudiya Arabistoni) shahrida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida siltab koʻtarish dasturida bronza medalini qoʻlga kiritdi[12].
2024-yil avgust oyida Cambei Parij (Fransiya) shahrida oʻtkazilgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida ayollar oʻrtasidagi 49 kg vazn toifasida ishtirok etdi. U siltab koʻtarishda 93 kg koʻtarib dastlabki natijalarga koʻra birinchi oʻrinni egalladi[13]. Dast koʻtarishda esa 112 kg natija bilan Xitoy vakili Xu Chjixuydan 1 kg kam natija koʻrsatib, ikkinchi oʻrinni egalladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „2022 World Weightlifting Championships Start Book“. IWF. 2022-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-dekabr.
- ↑ Oliver, Brian. „First ever medal for Ireland and records for Romania at European Weightlifting Championships“. InsideTheGames.biz (2023-yil 15-aprel). Qaraldi: 2023-yil 17-aprel.
- ↑ „Weightlifting Results Book“. 2018 Summer Youth Olympics. 2020-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-may.
- ↑ „2018 Buenos Aires Results“. InsideTheGames.biz. 2020-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-may.
- ↑ „Mexican lifter Hernandez worth her weight in gold“. Olympic News (2018-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 17-may.
- ↑ „Results Book“. 2019 European Junior & U23 Weightlifting Championships. 2020-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-may.
- ↑ „Results Book“. 2021 European Weightlifting Championships. 2021-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-may.
- ↑ „2021 Junior World Weightlifting Championships Results Book“. International Weightlifting Federation. 2021-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-iyul.
- ↑ „2022 European Junior & U23 Weightlifting Championships Results Book“. European Weightlifting Federation. 2022-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-oktyabr.
- ↑ Oliver, Brian. „Gold for China and Chanu recovery lights up weightlifting World Championships“. InsideTheGames.biz (2022-yil 6-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 7-dekabr.
- ↑ „2022 World Weightlifting Championships Results Book“. IWF. 2022-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-dekabr.
- ↑ „2023 World Weightlifting Championships Results Book“. International Weightlifting Federation. 2023-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-sentyabr.
- ↑ „Weightlifting Results Book“. 2024 Summer Olympics. 2024-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-avgust.