REPORT: Michaela Walsh - Complete Analysis
| Michaela Walsh | |
|---|---|
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Jinsi | ayol |
| Fuqaroligi |
|
| Tavallud sanasi | 5-iyun 1993-yil |
| Vazni | 57 kg gacha |
| Sport | |
| Qaysi sport | boks |
Michaela Walsh (tugʻ. 1993-yil 5-iyun) – irlandiyaik bokschi, 57 kg gacha toifasida ishtirok etadi, Irlandiya terma jamoasi aʼzosi. 2018-yilgi Yevropa chempionati gʻolibi, 2019-yilgi Yevropa oʻyinlarining kumush medali sovrindori, 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari ishtirokchisi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Michaela Walsh Shimoliy Irlandiyada yashaydi. Eng engil vazn toifalarida ringga chiqadi. 2014-yilgi Glazgodagi (Shotlandiya) Hamdoʻstlik oʻyinlarida Michaela Walsh boʻlingan qarorda kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2018-yilda u engil vazn toifasiga chiqdi va yana kumush medalni qoʻlga kiritgan[1]. Uning akasi Aydan ham boks boʻyicha Hamdoʻstlik medali sovrindori.
2018-yilgi Sofiyada (Bolgariya) boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida u chempionatning bronza medalini qoʻlga kiritib, sovrindor boʻlishga muvaffaq boʻlgan. Oʻsha yili Nyu Delida (Hindiston) ayollarning boks boʻyicha oʻrtasida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida 1/8 final uchrashuvida irlandiyalik sportchi italiyaik Alessia Messiano bilan uchrashib, unga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib, Jahon chempionatidagi oʻyinini yakunlagan.
2019-yilgi Minskda (Belarus) boʻlib oʻtgan Yevropa oʻyinlarida u kumush medalni qoʻlga kiritgan, hal qiluvchi jangda bolgariyalik bokschi Stanimira Petrovaga yutqazgan.
2021-yilda Tokioda (Yaponiya) Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan. 1/8 finalda u Italiya sportchisi Irma Testaga yutqazgan[2].