ANNOUNCED: Mart%C3%ADn Demichelis | Tech News Today

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Martín Demichelis
Technology news and reviews image
Demichelis with Manchester City in 2015
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Martín Gastón Demichelis[1]
Tavallud sanasi 20-dekabr 1980-yil (1980-12-20) (45 yosh)[2]
Tavallud joyi Justiniano Posse, Argentina
Boʻyi 1.84 m[3]
Ampluasi Centre-back, defensive midfielder
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Monterrey (head coach)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1994–1995 Complejo Deportivo
1995–1998 Club Renato Cesarini
1998–2000 River Plate
Total 401 (24)

Martin Gaston Demichelis (ispancha: Martín Gastón Demichelis; 1980-yil 20-dekabr, Justiniano Posse, Argentina) — argentinalik futbolchi, „Bavariya“, „Malaga“, „Manchester City“ klublari va Argentina terma jamoasidagi oʻyinlari bilan tanilgan himoyachi hisoblanadi[4][5].

2010 va 2014-yilgi jahon chempionatlari ishtirokchisi. „Bavariya“ dublining bosh murabbiyi[6].

„River Plate“

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U professional futbolchilik faoliyatini 1998-yilda „River Plate“da boshlagan, ammo 2001-yilgacha asosiy tarkibdan joy bera ololmagan. U „River Plate“ uchun bir nechta yaxshi oʻyinlar oʻtkazgan. Va uning bu oʻyinlari "Bavariya"" seleksionerlarining eʼtiborini tortgan.

„Bavariya“

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning „Bavariya“dagi birinchi mavsumi unchalik yaxshi oʻtmadi, chunki u ketma-ket bir nechta kichik jarohatlar oldi, biroq tajribali murabbiy Feliks Magat qoʻl ostida u yakunda asosiy jamoada oʻynay oldi. Martin 2005 va 2006-yillarda „Bavariya“ning nemis chempioni boʻlishida ham muhim rol oʻynadi. 2007-yil 11-sentabrda u o‘zining ilk xalqaro golini Avstraliyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida kiritgan hamda uning jamoasi 1:0 hisobida g‘alaba qozongan.

2010-yil 24-dekabr Martin Demichelis Ispaniyaning „Malaga“ klubiga oʻtdi. U Ispaniya klubida 6 oy muddatga ijara asosida oʻynaydi[7]. 2011-yilning 8-yanvarida Demichelis „Malaga“ safida 2010-2011- yilgi Ispaniya chempionatining 18-turida „Atletik Bilbao“ga qarshi o‘yinda debyut qilgan. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi, Demichelis 81-daqiqada ispan klubi safidagi ilk golini urgan[8].

„Atletiko“ va „Manchester City“

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yilning 11-iyulida Demichelis Madridning „Atletiko“ klubiga o‘tgan. Uning „Malaga“ jamoasi bilan shartnomasi tugatdi hamda u „Atletiko“ jamoasigaga tekinga yoʻl oldi. Martin ular bilan 1 yillik shartnoma imzolashga muvaffaq boʻldi.

Oʻsha yilning avgust oyida Demichelis „Atletiko“ tarkibida birorta ham oʻyin oʻtkazmasdan Angliyaning „Manchester City“ jamoasiga oʻtdi. Transfer summasi 5 million funtni tashkil qilardi. Shartnoma ikki yilga imzolandi. Martin „26“ raqami ostida toʻp sura boshladi. 27-oktyabr kuni Londonning „Chelsea“ jamoasiga qarshi oʻyinda u Angliya Premer-ligasida debyut qilgan[9]. 2014-yil 22-mart kuni „Fulxem“ ga qarshi kechgan duelda Martin „City“ safidagi ilk golini raqib darvozasiga kiritdi[10]. Angliyadagi birinchi mavsumida u Premer-liga va Futbol Ligasi kubogini qoʻlga kiritdi . 2015-yil boshida Demichelis „Manchester City“ bilan shartnomasini 2015-2016-yilgi mavsum oxirigacha uzaytirgan[11].

„Espanyol“

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-2016-yilgi mavsum yakunlangach, „Manchester City“ himoyachi bilan shartnomani uzaytirmadi, shu bilan birga 10-avgust kuni u „Espanyol“ bilan bir mavsumlik shartnoma imzoladi[12]. 22-oktyabr kuni „Eybar“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan. 2017-yilning boshida klub Martin bilan shartnomani bekor qildi va Martin erkin agentga aylandi[13].

„Malaga“ sahifasiga qaytish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilning 18-yanvarida Demichelis o‘zining sobiq jamoasi „Malaga“ bilan yarim yillik shartnoma imzoladi. 2017-yilning 15-mayida u mavsum oxirida o‘ynashni yakunlashini maʼlum qildi[14].

Xalqaro martabasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Technology news and reviews image
Demichelis (15-raqam) JCh-2014 finalida Germaniyaga qarshi oʻyinda

2005-yil 12-noyabrda Angliyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Demichelis Argentina terma jamoasi safida debyut qilgan[15]. Oʻsha yili u Konfederatsiyalar kubogi uchun terma jamoaga chaqirilgan edi. 2007-yil 11- sentyabrda Demichelis oʻzining birinchi xalqaro golini Avstraliya darvozasiga kiritgan[16].

2010-yilda Martin milliy terma jamoaning Janubiy Afrikada boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga daʼvogarligiga kiritildi[17][18]. Turnirda u Nigeriya , Janubiy Koreya , Meksika , Germaniya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan hamda Gretsiya terma jamoasi darvozasiga gol kiritgan[19][20][21].

2014-yilda Demichelis ikkinchi bor Braziliyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan[22]. Turnirda u Belgiya , Gollandiya va Germaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi[23]. Musobaqa natijalariga koʻra Martin chempionatning kumush medali sohibiga aylandi[24].

Argentina statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
01. 2007-yil 11- sentyabr Melburn Kriket maydoni, Melburn, Avstraliya Avstraliya Avstraliya 0: 1 0: 1 Oʻrtoqlik uchrashuvi
02. 2010-yil 22- iyun Piter Mokaba (stadion), Polokwane, Janubiy Afrika Gretsiya Gretsiya 1 :0 2 :0 Jahon chempionati 2010

"River Plate"

  • Argentina futbol chempionati — 1999, 2000, 2002, 2003

"Bavariya"

  • Futbol boʻyicha Germaniya chempionati — 2005, 2006, 2008, 2010
  • Germaniya Liga kubogi gʻolibi — 2004, 2007
  • Germaniya kubogi gʻolibi — 2005, 2006, 2008, 2010
  • Germaniya Superkubogi sohibi 2010-yil

"Manchester City"

  • Premer-liga — 2013-2014
  • Futbol Ligasi kubogi gʻolibi — 2013-2014, 2015-2016

Xalqaro yutuqlari

"Argentina"

  1. „Premier League clubs submit squad lists“. Premier League (2013-yil 4-sentyabr), s. 20. 2013-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-sentyabr.
  2. „2014 FIFA World Cup Brazil: List of players: Argentina“. FIFA (2014-yil 11-iyun), s. 2. 2014-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 15-oktyabr.
  3. „Martín Demichelis“. FC Bayern Munich. 2010-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  4. Martín Demichelis // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  5. Martín Demichelis // FBref.com (Wayback Machine saytida 2022-03-22 sanasida arxivlangan(mn.)
  6. Originalnoe proiznoshenie etoy italyanskoy familii — Demikélis.
  7. „Martín Demichelis, nuevo zaguero blanquiazul“ (es). Málaga CF.com (2010-yil 30-dekabr). 2012-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 30-dekabr.
  8. „Un gol en el descuento del Athletic impidió el triunfo del Málaga (1-1)“ (es). Malaga CF.com (2011-yil 8-yanvar). 2012-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-yanvar.
  9. „Челси — Манчестер Сити 2:1“. soccerway.com (2013—10—27). 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-mart.
  10. „Манчестер Сити — Фулхэм 5:0“. soccerway.com (2014—03—22). 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-mart.
  11. „Демикелис продлил контракт с «Манчестер Сити»“. championat.com (2015—03—12). 2015-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-mart.
  12. „Martín Demichelis signs for Espanyol on one-year contract“ (en). The Guardian (2016-yil 11-avgust). 2017-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-oktyabr.
  13. „«Эспаньол» расторг контракт с Демичелисом“ (ru). sports.ru (2017-yil 10-yanvar). 2017-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-yanvar.
  14. „Демичелис объявил о завершении карьеры“ (ru). sports.ru (2017-yil 15-may). 2017-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-may.
  15. „Англия VS. Аргентина 3:2“ (ru). soccerway.com (2005-yil 12-noyabr). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-oktyabr.
  16. „Австралия VS. Аргентина 0:1“ (ru). soccerway.com (2007-yil 11-sentyabr). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-oktyabr.
  17. „Аргентина VS. Нигерия 1:0“ (ru). soccerway.com (2010-yil 12-iyun). 2013-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-oktyabr.
  18. „Аргентина VS. Южная Корея 4:1“ (ru). soccerway.com (2010-yil 17-iyun). 2013-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-oktyabr.
  19. „Греция VS. Аргентина 0:2“ (ru). soccerway.com (2010-yil 22-iyun). 2013-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-oktyabr.
  20. „Аргентина VS. Германия 0:4“ (ru). soccerway.com (2010-yil 3-iyul). 2013-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-oktyabr.
  21. „Аргентина VS. Мексика 3:1“ (ru). soccerway.com (2010-yil 27-iyun). 2013-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-oktyabr.
  22. „Аргентина VS. Бельгия 1:0“ (ru). soccerway.com (2014-yil 5-iyul). 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-mart.
  23. „Германия VS. Аргентина 1:0“ (ru). soccerway.com (2014-yil 13-iyul). 2015-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-mart.
  24. „Нидерланды VS. Аргентина 0:0“ (ru). soccerway.com (2014-yil 9-iyul). 2015-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-mart.