TRENDING: Marj Rahit jangi | Latest Update
| Marj Rahit jangi | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Musulmonlarning Suriyaga yurishlarining bir qismi | |||||||
| |||||||
| Qoʻmondonlar | |||||||
| Xolid ibn Valid | Nomaʼlum | ||||||
| Kuchlar | |||||||
| 9000 | Nomaʼlum | ||||||
Marj Rahit jangi (arabcha: معركة مرج راهط) – 634-yilning aprel oyida Vizantiya imperiyasining Gʻassoniy arab ittifoqchilari hamda Xolid ibn Valid qoʻmondonligi ostidagi Roshidun qoʻshini oʻrtasida kechgan kichik toʻqnashuv. Huvorin jangidan keyin erta tongda Xolid ibn Valid 9000 kishilik qoʻshinini Damashq tomon boshlab borgan.
Jang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jang 634-yil 24-aprel Pasxa yakshanbasida boʻlib oʻtgan[1].
Xolid yaqinda yurish qilgan hududlardan koʻplab qochoqlar Marj ar-Rahit shahriga toʻplangan edi. Bu qochoqlar Fisih bayramini nishonlayotgan olomon bilan aralashib ketdi. Gʻassoniylar Xolidning Suriyaga kirib kelishi ular uchun katta xavf tugʻdirishini yaxshi anglardilar va shu sababli dovon pastidagi Tadmur hududidan keluvchi yoʻlga kuchli jangchilarni joylashtirdilar. Biroq bu kuchlar Xolidning otliq qoʻshini tomonidan tezda tor-mor etildi. Musulmon qoʻshinlari harakat qilgan sari Gʻassoniylarning qarshiligi davom etdi, ammo asosiy musulmon armiyasi shaharga yetib kelib, talonchilik harakatlarini boshlagach, ularga boʻlgan bu qarshilik toʻxtadi. Xolidning qoʻshinlari katta miqdorda oʻlja va asirlarni qoʻlga kiritgach, shahardan chiqib, oʻz qarrgohlariga qaytib ketishdi.
Natija
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ertasi kuni ertalab Xolid otliq qoʻshinlarining bir qismini Gʻutaga bosqin uyushtirish uchun Damashq tomon joʻnatdi. Shuningdek, u Abu Ubaydaning huzuriga maxsus elchi yuborib, Busroda uchrashish boʻyicha koʻrsatma berdi. Soʻng Xolid asosiy qoʻshin bilan Damashqni chetlab oʻtib, Busro tomon yoʻl oldi. Damashqqa yuborilgan otliq qoʻshin shaharga yaqinlashib, qoʻshimcha oʻlja va asirlarni qoʻlga kiritdi va hali yurish davom etayotgan paytda Xolidning asosiy qoʻshiniga qayta qoʻshildi. Shu tariqa, Xolidning Suriyaga kirishi bilan bogʻliq kichik harbiy yurishlari yakuniga yetdi. Shundan keyin u Busro shahrini zabt etish uchun yoʻl oldi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Shahîd, Irfan. Byzantium and the Arabs in the Sixth Century, Volume 1. Washington, DC: Dumbarton Oaks, 1995. ISBN 978-0-88402-214-5.
- Akram, A. I. The Sword of Allah: Khalid bin al-Waleed, His Life and Campaign, Nat. Publishing. House, Rawalpindi (1970) ISBN 0-7101-0104-X.
- Donner, F.. The Early Islamic Conquests. Princeton University Press, 1981 — 124-125-bet. ISBN 0-691-05327-8.