LEAKED: Malikaxon Ziyayeva - Everything We Know

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Malika Ziyoyeva (1956-yil 1-fevral, Farg‘ona tumani) – Oʻzbekiston sozandasi, dutor ijrochisi, pedagog, professor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist. U Faxriddin Sodiqov ijrochilik maktabining davomchisi, dutor ijrochiligida oʻz maktabini shakllantirgan sanʼatkor sifatida tanilgan.

Malikaxon Ziyayeva
Technology news and reviews image
Tavalludi
Janrlar maqomchi
Kasbi sozanda
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

Malika Ziyoyeva 1956-yil 1-fevral kuni Fargʻona viloyati, Fargʻona tumanida tugʻilgan. 1969-yilda Fargʻona musiqa bilim yurtining dutor sinfiga oʻqishga qabul qilingan. Keyinchalik Toshkent davlat konservatoriyasining Sharq musiqasi fakultetida Faxriddin Sodiqov qoʻlida tahsil olgan.

1979-yilda konservatoriyani tamomlab, „Oʻzbekiston teleradio“ kompaniyasi huzuridagi Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansambliga ishga kirgan. U yerda Turgʻun Alimatov, Orif Qosimov, Berta Dovidova kabi mashhur ijrochilar bilan hamkorlik qilgan.

1990-yillardan boshlab ansambl bilan birga Fransiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya va boshqa mamlakatlarda konsertlarda qatnashgan.

Pedagogik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Malika Ziyoyeva koʻplab shogirdlar yetishtirgan. Ularning orasida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Ilyos Arabov, shuningdek, xorijda ijod qilayotgan Roziyaxon Sultonova (Buyuk Britaniya), Anetta (Germaniya), Tanya Merchard (AQSh) kabi ijrochilar bor. Tanya Merchard „Oʻrta Osiyo sozanda ayollari“ kitobida Malika Ziyoyeva ijodini yoritgan.

2005-yilda u rahbarligida „Shukrona“ professional dutorchilar ansambli tashkil etilgan. Ansambl repertuariga maqom yoʻllari va xalq kuylarining dutor uchun moslashtirilgan variantlari kiritilgan. Ansambl turli festivallar, xususan, Shahrisabzda oʻtkazilgan xalqaro maqom festivalida ishtirok etgan.

Asarlari va ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yilda Ziyoyeva dotsent ilmiy unvonini olgan.

2008 va 2012-yillarda u tomonidan tayyorlangan „Dutor – Faxriddin Sodiqov ijro uslubi“ nomli oʻquv qoʻllanmalari nashr etilgan. Ular konservatoriya talabalari va professional ijrochilar uchun moʻljallangan.

2023-yilda „Dutor navolari“ sinf konsertini oʻtkazgan. 2024-yilda esa „Madaniyat va sanʼat fidokori“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

https://uzmmsi.uz/uz/maqom-cholgu-ijrochiligi-kafedrasi/