REVEALED: Maisie Summers Newton - Everything We Know

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Maisie Summers-Newton
Technology news and reviews image
Maisie Summers-Newton
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Tavallud sanasi 2002-yil 26-iyul
Northamptonshire, Angliya
Sport
Qaysi sport para suzish
Klubi Northampton Swimming Club

Maisie Summers-Newton (2002-yil 26-iyulda tugʻilgan) – britaniyalik para suzuvchi. S6 toifasi boʻyicha suzish musobaqalarida ishtirok etadi[1]. 2018-yil avgust oyida IPC suzish boʻyicha Yevropa chempionatida SM6 toifasida 200 metrga individual aralash suzish yoʻnalishida oltin medalni qoʻlga kiritgan va 2:59.60 natija bilan yangi jahon rekordini oʻrnatgan[2][3]. Shuningdek, 2018-yil may oyida para suzish boʻyicha Britaniyada oʻtkazilgan xalqaro musobaqada 1:32.16 natija bilan S6 toifasida 100 metrga brass usulida suzish boʻyicha jahon rekordini oʻrnatgan[1]. 2020-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Buyuk Britaniya hisobiga ikkita oltin medalni olib kelgan.

Summers-Newton 2019-yilda Angliyaning London shahrida boʻlib oʻtgan para suzish boʻyicha jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdi. U Ukraina vakili Yelyzaveta Mereshkoni ortda qoldirib, SM6 toifasida 200 metrga individual aralash suzish yoʻnalishi boʻyicha yangi jahon rekordini oʻrnatdi[4]. Bu rekordni bundan avvalroq oʻsha yilning oʻzida Glazgoda ham qayd etgan edi[5].

2021-yil aprel oyida Sheffild shahridagi Ponds Forge sport markazida oʻtkazilgan musobaqada Summers-Newton erkin usulda suzish boʻyicha 2-oʻrinni egalladi, u musobaqada Grace Harveydan ortda qoldi va Ellie Simmondsni 4.2 soniyaga ortda qoldirdi[6]. Iyul oyida sportchi Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan va kechiktirilgan 2020-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etuvchi Buyuk Britaniya terma jamoasi tarkibiga kiritildi[7]. 2021-yilda Summers-Newton SB6 toifasida 100 metrga brass usulida suzish boʻyicha 1:32.34 natija bilan Yevropa rekordini ham oʻrnatdi[8].

Paralimpiya oʻyinlarida Summers-Newton 200 metrga individual aralash suzish yoʻnalishida oltin medalni qoʻlga kiritdi va bu musobaqada 2:56.68 natija bilan yangi jahon rekordini oʻrnatdi. Shuningdek, u 100 metrga brass usulida suzish boʻyicha ham oltin medalga sazovor boʻldi, 400 metrga erkin usulda suzish yoʻnalishida esa toʻrtinchi oʻrinni egalladi[8][9].

Summers-Newton 2022-yilda Portugaliyaning Funshal shahrida oʻtkazilgan para suzish boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etib, 2 ta oltin medalni qoʻlga kiritdi. Ulardan biri 200 metrga individual aralash usulda suzish yoʻnalishi, ikkinchisi esa 400 metrga erkin usulda suzish yoʻnalishlari edi[10][11]. Bundan tashqari, 49 ochko toifasida aralash 4 × 100 metrga erkin usulda estafeta suzish bahsida u Alice Tai, James Hollis va Oliver Carter bilan birga 6-oʻrinni egalladi[12]. SB6 toifasida 100 metrga brass usulida suzish yoʻnalishining saralash bosqichida 1:32.16 koʻrsatkich natija bilan Summers-Newton oʻzining Yevropa rekordini yangiladi, finalda esa uchinchi oltin medalini qoʻlga kiritdi[13][14][15].

Sportchi 2022-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlarida Angliya terma jamoasi sharafini himoya qilib, 100 metrga brass usulida suzish yoʻnalishida oltin medalni qoʻlga kiritgan va 1:32.72 koʻrsatkichni qayd etgan. Bu natija ikkinchi oʻrin sohibining koʻrsatkichidan 10,57 soniyaga tezroq edi[16].

2022-yilda Glazgodagi Tollcross xalqaro suzish markazida oʻtkazilgan Britaniya para suzish qishki milliy musobaqasida Summers-Newton 4 ta yangi jahon rekordini oʻrnatdi. Bu rekordlar 100 metr erkin usulda (S6), 200 metrga individual aralash (SM6), 100 metrga brass (SB6) va 400 metrga erkin usulda (S6) suzish yoʻnalishlarida oʻrnatilgan[17].

2023-yilda Manchester suzish markazida boʻlib oʻtgan para suzish boʻyicha jahon chempionatida sportchi 2 ta oltin va 1 ta kumush medalni qoʻlga kiritdi. 2-avgust kuni 200 metrga aralash uslubda suzish yoʻnalishida oltin medalni, 3-avgustda 400 metrga erkin usulda suzish boʻyicha kumush medalni, 5-avgustda esa 100 metrga brass usulida suzish bahslarida oltin medalni qoʻlga kiritib, 1:31.34 vaqti bilan Yevropa rekordini oʻrnatdi[18][19][20].

Summers-Newton 2024-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ikkinchi bor Buyuk Britaniya sharafini himoya qilib, 200 metrga individual aralash suzish bahslarida oʻz chempionlik unvonini saqlab qoldi. Sportchi ushbu yoʻnalishda 2:56.90 natijani qayd etib, kumush medal sohibi amerikalik suzuvchi Elizabeth Marksdan 5,6 soniya tezroq masofani bosib oʻtishga muvaffaq boʻldi[21].

Summers-Newton 2018-yilda 10 nafar boshqa britaniyalik sportchilar bilan birga BBCning „Yilning yosh sportchilari“ qisqa roʻyxatiga kiritilgan[22][23].

Uning Instagram va Twitter hisoblari tasdiqlangan[24].

2021-yilda „The Beano“ jurnalining maxsus „BeONE“ sonida boshqa sport qahramonlari, jumladan, Emma Raducanu va Matty Lee bilan bir qatorda sportchi haqida ham yozilgan[25].

2022-yil iyul oyida boʻlib oʻtgan Hamdoʻstlik oʻyinlari boshlanishidan oldin sportchi Courtney Tulloch bilan birga oʻsha paytdagi shahzoda Charles III bilan „Sportchilar shaharchasi“ni aylanib chiqqan[26].

2022-yil 17-noyabrda Summers-Newton Citi kompaniyasining „Yilning eng yaxshi nogironligi boʻlgan sportchisi“ mukofotini qoʻlga kiritgan[27].

  1. 1,0 1,1 „Tai and Summers-Newton smash World records“. British Swimming (2018-yil 31-may). Qaraldi: 2018-yil 15-avgust.
  2. „World Para-swimming European Championships: Maisie Summers-Newton beats Ellie Simmonds for world record“. BBC Sport (2018-yil 14-avgust). Qaraldi: 2018-yil 15-avgust.
  3. „SUMMERS-NEWTON Maisie“. paralympic.org. International Paralympic Committee. 2018-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-avgust.
  4. „Maisie Summers-Newton sets world record on golden night for Britain“. Swim England Competitive Swimming Hub (2019-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 5-iyul.
  5. „Records tumble as Brits win World Series gold in Glasgow“. Swim England Competitive Swimming Hub (2019-yil 25-aprel). Qaraldi: 2021-yil 5-iyul.
  6. „Grace is over the moon on BPSIM day one“. British Swimming. Qaraldi: 2021-yil 4-iyul.
  7. „Northampton swimming stars are off to Tokyo“. Northampton Chronicle. Qaraldi: 2021-yil 4-iyul.
  8. 8,0 8,1 „Maisie Summers-Newton“. British Swimming.
  9. „Tokyo Paralympics: Tully Kearney and Maisie Summers-Newton win golds for ParalympicsGB“. Sky Sports. Qaraldi: 2022-yil 7-may.
  10. „It's g🥇ld for 🇬🇧 @maisiee26!!“. Twitter. Qaraldi: 2022-yil 14-iyun.
  11. „GOLD FOR GREAT BRITAIN 🇬🇧🎉“. Twitter. Qaraldi: 2022-yil 15-iyun.
  12. „💬 "It's such a good team, we were so excited yet relaxed in the call room" 🫶“. Twitter. Qaraldi: 2022-yil 17-iyun.
  13. „Summers-Newton and Perry set records in heats“. British Swimming. Qaraldi: 2022-yil 17-iyun.
  14. „A record breaking pair! ⏱️🔥“. Twitter. Qaraldi: 2022-yil 17-iyun.
  15. „THIRD GOLD FOR SUMMERS-NEWTON!! 🎉🎉“. Twitter. Qaraldi: 2022-yil 17-iyun.
  16. „Women's 100m Breaststroke SB6 | Results Summary“. 2022 Commonwealth Games (2022-yil 1-avgust). Qaraldi: 2023-yil 6-avgust.
  17. „Record-breaking quadruple from Summers-Newton at Winter Nationals“. Swim England (2022-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 29-noyabr.
  18. „WOMEN'S 200M INDIVIDUAL MEDLEY SM6 | RESULTS SUMMARY“. IPC (2023-yil 2-avgust). Qaraldi: 2023-yil 6-avgust.
  19. „WOMEN'S 400M FREESTYLE S6 | RESULTS SUMMARY“. IPC (2023-yil 3-avgust). Qaraldi: 2023-yil 6-avgust.
  20. „WOMEN'S 100M BREASTSTROKE SB6 | RESULTS SUMMARY“. IPC (2023-yil 5-avgust). Qaraldi: 2023-yil 6-avgust.
  21. MacInnes, Paul. „Maisie Summers-Newton overcomes nerves to retain Paralympic medley title“. The Guardian (2024-yil 30-avgust). Qaraldi: 2024-yil 31-avgust.
  22. „BBC Young Sports Personality of the Year 2018: Top 10 revealed“. BBC Sport (2018-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 9-dekabr.
  23. „BBC Young Sports Personality 2018: Kare Adenegan wins award“. BBC Sport (2018-yil 21-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 9-dekabr.
  24. „Maisie Summers-Newton MBE PLY ✔️“. Twitter. Qaraldi: 2022-yil 12-iyun.
  25. „#BeOne celebrates the young sporting heroes which have brought the nation together this year.“. Twitter. Qaraldi: 2022-yil 8-may.
  26. „Maisie Summers-Newton MBE PLY on Instagram: "An absolute honour to meet Prince Charles this afternoon before the start of the Birmingham 2022 Commonwealth Games! 🤩 This will be a moment I will never forget!! Thank you @officialteamengland 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿❤️"“. Instagram. Qaraldi: 2022-yil 1-avgust.
  27. Tarray, Peter. „Eilish McColgan named Sunday Times Sportswoman of the Year“. The Times (2022-yil 18-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 18-noyabr.