TECH NEWS: Mahmud Abdurahmonov - Everything We Know
Mahmud Rahmatullayevich Abdurahmonov (1961.1.7, Toshkent) – ganchkor usta, Oʻzbekiston xalq ustasi (2004). Ganch oʻymakorligini usta Z.Yusupov va U. Tohirovlardan oʻrgangan. 1978-yildan „Us to“ respublika badiiy ishlab chiqarish uyushmasida usta. Abdurahmonov respublika va chet mamlakatlardagi yirik meʼmoriy inshootlar: „Shahidlar xotirasi“ yodgorlik majmuida gumbaz ichi ganch oʻymakorligi, Oliy Majlis, Aeroport, Tashqi ishlar vazirligi qabulxonasi, Oqsaroy va boshqa binolarning ganchkori bezaklarini mahorat bilan bajargan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Mahmud Abdurahmonov“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (A-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |