BREAKING: Laylatul qadr | Breaking Tech News
| Laylatul-qadr | |
|---|---|
| Qurʼon qiroat qilish qadr kechasining eng muhim ibodatlaridan biridir | |
| Rasmiy nomi | arabcha: لیلة القدر |
| Nishonlovchilar | Musulmonlar |
| Turi | Farishtalar yerga tushadi. Ularga yillik farmon ma’lum qilinadi. |
| Sana | Ramazonning oxirgi oʻn kunligi, ayniqsa toq kechalari (baʼzilar 19-kunni ham qoʻshadi) |
| Qoidalari | Tahajjud o‘qish, Qurʼonni tilovat qilish, duo qilish, zikr aytish, eʼtikofda oʻtirish, sadaqa berish, Allohdan magʻfirat soʻrash |
Laylatul-qadr (arabcha: لیلة القدر – qadr kechasi) – islom aqidasiga koʻra, ramazon oyining oxirgi oʻn kunligining toq kechalari. Bu kechaning ulugʻlanishi Qurʼonning shu kechada nozil etila boshlagani, bu kecha ming oydan afzal ekani toʻgʻrisida Qurʼonda bashorat berilgani bilan izohlanadi. Unda aytilishicha, bu kechada osmon farishtalari Jabroil hamrohligida Yerga tushib, tong paytigacha bir yillik boʻladigan ishlar rejasini tuzadilar. Ular tuni bilan yana musulmonlar uchun istigʻfor aytib, gunohlarini kechirishini soʻrab, Allohga iltijo qiladilar[1].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Laylatul-qadr“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (L-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Vikiomborda „Laylat al-Qadr“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor.
| Vikiiqtibosda Laylatul-qadrga tegishli iqtiboslar mavjud. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Islom diniga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |