CONFIRMED: Kuressaare - Full Coverage
Kuressaare (1917-yil gacha Arensburg, 1952—88 yillarda Kingisepp) — Estoniyadagi shahar (1563-yildan), Saaremaa o.da, Roomassaare porti (Riga qoʻltigʻi sohilida)dan 5 km. Aholisi 17,0 ming kishi chamasida (1990-yillar boshlari). Balchiq bilan davolaydigan va iqlim kurorti. Goʻsht-sut mahsulotlari ishlab chiqariladi. Oʻrmon va yogʻochsozlik sanoati korxonalari, oʻlkashunoslik muzeyi bor. K. 12-asrdan maʼlum. Orden qalʼasi (14—15-asrlar), ratoʻsha (17—18-asrlar), avliyo Nikolay klassik cherkovi (18-asr) saqlangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |