LEAKED: Kolompeh | Tech News Today
|
Kolompeh – Kirmon | |
| Turi | Pishiriq |
|---|---|
| Milliy oshxona | Eron oshxonasi |
| Kelib chiqishi | Kirmon |
Kolompeh (forscha: کلمپه) – asosan Kirmon shahrida pishiriladigan eroncha pishiriq turi[1][2]. Kolompeh koʻrinishi jihatidan pirogga oʻxshaydi; uning ichiga mayda toʻgʻralgan xurmo, kardamon kukuni va boshqa ziravorlar aralashmasi solinadi. Ushbu shirinlikning asosiy masalliqlari – xurmo, bugʻdoy unidan tayyorlangan xamir, yong‘oq va oʻsimlik moyidir[3]. Kolompehni bezash uchun koʻpincha pista yoki kunjut kukuni ishlatiladi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kolompeh anʼanaviy ravishda kirmonlik ayollar tomonidan mahalliy oʻsimlik moylari, Kirmon hududida oʻsadigan xurmo daraxtlarining mevasi, eron yongʻoqlari, mahalliy kardamon, kunjut va mahalliy bugʻdoy unidan foydalanib pishirilgan[4]. Hozirda esa sanoat usulida ishlab chiqarilgan kolompeh Kirmonning asosiy sovgʻalik mahsulotlaridan biriga aylangan[5]. Uni turli shakl va koʻrinishlarda, turli yongʻoq turlari qoʻshilgan holda ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan[6].
Variantlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu pishiriqning turkcha varianti – kolumpe kurabiyesi – bugʻdoy uni, xurmo, yongʻoq, bodom, pista va oʻsimlik moyidan tayyorlanadi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Sweet Kerman - Iranian.com“. iranian.com. Qaraldi: 2015-yil 12-iyul.
- ↑ Ancient and Traditional Foods, Plants, Herbs and Spices Used in the Middle East. CRC Press, August 25, 2023. ISBN 9781000902709.
- ↑ „Kolompeh, a flaky and sweet date filled pastry from Kerman - Persian / Iranian Pastries - Pinterest“. Pinterest (2013-yil 26-avgust). Qaraldi: 2015-yil 12-iyul.
- ↑ „Kolompe – forscha xurmo pishirig‘i“ (persiangood.com). 2023-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 23-noyabr.
- ↑ „Kerman's appealing souvenirs“. irna.ir. — „Kerman’s other souvenirs include cookies such as kolompeh, qottab, komaj and date bread, as well as spices.“. Qaraldi: 2015-yil 12-iyul.
- ↑ „Kolompeh – Kermancha anʼanaviy shirinlik retsepti“ (mealscook.net). 2025-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 23-noyabr.