VIRAL: Kim Pen Xva | Tech Insider

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kim Pen Xva
koreyscha: 김병화
Technology news and reviews image
Tavalludi 6-avgust 1905-yil
Chapigou qishlogʻi, Nikolsk-Ussuriysk uyezdi, Primorsk viloyati, Rossiya imperiyasi
Vafoti 7-may 1974-yil(1974-05-07)
(68 yoshda)
Oʻrta Chirchiq tumani, Toshkent viloyati, OʻzSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi „Polyarnaya zvezda“ kolxozi raisi
Unvoni Technology news and reviews image Technology news and reviews image
Mukofotlari Technology news and reviews image Technology news and reviews image Technology news and reviews image Technology news and reviews image Technology news and reviews image Technology news and reviews image Technology news and reviews image Technology news and reviews image

Kim Pen Xva (koreyscha: 김병화; 1905, hozirgi Rossiya Federatsiyasi Primorye oʻlkasi Krounovka qishlogʻi – 1974.7,5, Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumani) – qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi tashkilotchisi, dehqonchilik amaliyoti novatori. 2-marta Mehnat Qahramoni (1948; 1951). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan paxtakor (1964). 1939-yildan to umrining oxirigacha Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi „Polyarnaya zvezda“ kolxozi (hozirgi Kim Pen Xva nomidagi shirkat xoʻjaligi) raisi boʻlib ishlagan. U rahbarlik qilgan xoʻjalik respublikada eng ilgʻor va iqtisodiy baquvvat xoʻjaliklardan biriga aylandi, koʻp yillar mobaynida paxta, sholi, kanop va boshqa ekinlardan yuqori hosil olishga erishdi. „Paxtadan moʻl hosil yetishtirish tajribasi“ (1953), „Maʼmurchilik yoʻlida“ (1954) kitoblari bosilib chiqqan.

Shirkat xoʻjaligining „Qutb yulduzi“ markaziy qoʻrgʻonida Kim Pen Xva faoliyatiga bagʻishlangan „Zamin va inson“ muzeyi bor, bronza byusti oʻrnatilgan (1961)[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil