CONFIRMED: Kelaguen - Full Coverage
|
Titiyas bilan kelaguen | |
| Turi | garnir |
|---|---|
| Milliy oshxona | Mariana orollari |
| Asosiy komponentlari | Limon sharbati, yangi kokos, yashil piyoz, tuz va achchiq qalampirlardan iborat marinad |
| Oʻxshashlari | Kilawin, kinilaw, 'ota 'ika, hinava, poke, seviche |
Kelaguen – Mariana orollariga xos boʻlgan chamorro taomi boʻlib, u garnir (yon taom) sifatida ham, asosiy taom sifatida ham isteʼmol qilinadi. U ceviche ga oʻxshash boʻlib, limon sharbati, yangi qirgʻichdan chiqarilgan kokos, ko‘k piyoz, tuz hamda achchiq qalampir yoki donni dan tayyorlangan marinad ishlatiladi. Ushbu marinad pishirilgan tovuq goʻshti, xom qisqichbaqa, baliq yoki mol goʻshti/jigarini tayyorlashda qoʻllaniladi.
Pishirilgan tovuqdan tashqari hollarda, marinaddagi kislotalar xom qisqichbaqa, baliq yoki mol goʻshtini issiqliksiz, yaʼni kimyoviy yoʻl bilan „pishiradi“. Kelaguen odatda sovuq yoki xona haroratida tortiladi va oʻz holicha, guruch bilan birga yoki iliq makkajo‘xori yoki bug‘doy tortillaga (yoki uning chamorrocha turi – titiyas) oʻrab isteʼmol qilinadi[1][2].
Kelaguen atamasi Filippin taomi boʻlgan kilawin dan kelib chiqqan. U Mariana orollari va Filippinlar birgalikda Ispaniya Sharqiy Hindiston tarkibiga kirgan davrda, filippinlik koʻchmanchilar tomonidan olib kirilgan.
Biroq kelaguen vaqt oʻtishi bilan rivojlanib, Lotin Amerikasi oshxonasining ayrim taʼsirlarini ham oʻzida mujassam etgan, xususan tortillalardan foydalanish shular jumlasidandir[1][2].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kilawin, chamorro kelaguenining filippincha ajdodi
- Go‘sht taomlari roʻyxati
- Xom baliq taomlari roʻyxati
- Mariana orollari oshxonasi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Chicken Kelaguen & Flour Titiyas“. Annie's Chamorro Kitchen (2013-yil 29-iyul). 2016-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-yanvar.
- ↑ 2,0 2,1 „Exploring Chamorro Cuisine“. Just Wandering (2011-yil 20-iyun). 2016-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-yanvar.