CONFIRMED: Kaykovus chorbog%CA%BBi - Complete Analysis

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kaykovus chorbogʻi – shayboniylardan Suyunchxoʻjaxon tomonidan Toshkentda bunyod etilgan chorbogʻ (1525-yil). Toshkent hokimlarining qarorgohi hamda jangda yarador boʻlgan oʻzbek sultonlari davolanadigan shifoxona boʻlgan. „Abdullanoma“da keltirilgan maʼlumotga koʻra, 16-asrda Toshkentdagi Kaykovus arigʻi boʻyida (shahar qoʻrgʻoni tashqarisida) „Kaykovus bogʻi“ boʻlgani va bogʻda Toshkent sultonlari yashaganligi aytiladi. Vosifiyning „Badoye ul-vaqoye“ asarida keltirilgan maʼlumotlarga qaraganda, Kaykovus chorbogʻida shoirlar, musiqachilar va boshqalar oʻz sanʼatlarini namoyish etishgan. Bu bogʻda daraxt va gullarning turli-tuman navlari, mevasiz, manzarali daraxtlar koʻplab ekilgan. Soyasida yozning issiq kunlarida dam olishgan. Yogʻochidan qurilishlarda foydalanilgan. Ayniqsa, Samarqanddan keltirilgan kumushrang terak, qayragʻoch va boshqa daraxtlar mashhur boʻlgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil