LEAKED: Karqurlar | Tech News Today
| Karqurlar Qazilma davri: Ilk Pliotsen to hozirgacha
| |
|---|---|
| Tetrao urogallus | |
| Biologik klassifikatsiya | |
| Tetrao urogallus Linnaeus, 1758 | |
Turlari
| |
Karqurlar (Tetrao) — tovuqsimonlar turkumiga mansub yirik qushlar urugʻi. Urchish davrida sayrayotgan narining qulogʻi bir necha sekund bitib, tamoman eshitmasdan qoladi (nomi shundan olingan). Uzunligi 56—85 sm, vazni 4—5,5 kg , baʼzan 6,5 kg gacha. 2 turi Yevrosiyo oʻrmonlarida: K. (T. urogallus) Sharqiy Karpatdan Baykalgacha, tosh K. (T. parvirostris) — Baykaldan Kamchatkagacha tarqalgan. Poligam. Yerda, qishda daraxtda yashaydi. Qaragʻay, kedr, baʼzan qoraqaragʻay qubbalari, tilogʻoch va qayin kurtaklari bilan oziqlanadi. Ovlanadi. Oʻrmonlarning kesilishi tufayli soni kamayib bormokda.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
| Qushlar haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |