EXCLUSIVE: Karmella Sepkolenko | Latest Update

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Karmella Sepkolenko
Technology news and reviews image
Tavalludi 20-fevral 1955-yil (1955-02-20) (71 yosh)
Janrlar Opera
Kasbi bastakor, oʻqituvchi
Fuqaroligi Ukraina bayrogʻi Ukraina

Karmella Semyonovna Sepkolenko (ukraincha: Кармелла Семенівна Цепколенко 1955-yil 20-fevral, Odessa) – ukrainalik bastakor, oʻqituvchi, professor (2009), pedagogika fanlari nomzodi, Ukraina Milliy kompozitorlar uyushmasi boshqaruvi kotibi. Ukrainada xizmat koʻrsatgan artist (2006).

1962—1973-yillarda professor P. S. Stolyarskiy nomidagi Odessa oʻrta maxsus musiqa bilim yurtida tahsil olgan. Ustozlari professorlar G. D. Buchinskiy (fortepiano) va O. L. Kogan (kompozitsiya). Musiqiy taʼlimini Odessa konservatoriyasida tugatgan (1973—1979), u yerda kompozitsiya (professor A. A. Krasotov sinfi) va fortepiano (professor L. N. Ginzburg sinfi) boʻyicha tahsil olgan.

1986-yildan 1989-yilgacha Karmella V. I. Lenin nomidagi Moskva pedagogika instituti (hozirgi Moskva davlat pedagogika universiteti) aspiranturasida professor G. M. Sipin rahbarligida tahsil olgan[1].

Germaniyadagi bastakorlik mahorat kurslarida qatnashgan (Darmshtadt, 1992, 1994; Bayreuth, 1993). Koʻplab xalqaro festival va forumlar ishtirokchisi.

1980-yildan A. V. Nejdanova nomidagi Odessa davlat musiqa akademiyasida kompozitsiya oʻqituvchisi. Taʼlim jarayonida oʻzining mualliflik metodikasi „Musiqiy materialning ssenariy ishlanmasi“ („Ssenarnaya razrabotka muzikalnogo materiala“) dan foydalanadi. Germaniya, Moldova, Rossiya, Shveysariya, AQSH taʼlim muassasalarida bir necha bor mahorat darslarini muvaffaqiyatli oʻtkazgan.

Butunittifoq va xalqaro kompozitorlik tanlovlari laureati. Karmella Heinrich Böll jamgʻarmasi (Germaniya, 1995), I. Brams uyi jamgʻarmasi (Germaniya, 1996), Xalqaro Uygʻonish jamgʻarmasi (ukraincha: Міжнародний фонд «Відродження»; Ukraina) va SIMA Milliy sanʼat jamgʻarmasi (Nyu-York, AQSH, 1996) grantlarini hamda Shrayani (Germaniya, 1998), Vorpsvede (Germaniya, 2000), Di Gege (Germaniya, 2002, 2003) ijodiy rezidentura grantlarini qoʻlga kiritgan.

1995-yilda Odessada boʻlib oʻtgan Ukraina va xorijiy bastakorlarning zamonaviy musiqasi, asosan eksperimental yoʻnalishdagi „Ikki kun va ikki tun yangi musiqa“ („Dva dnya i dve nochi novoy muziki“) yillik festivalini tashkil etish tashabbuskori va badiiy direktori boʻlgan. „Yangi musiqa assotsiatsiyasi“ xalqaro jamoat tashkiloti – Xalqaro zamonaviy musiqa jamiyatining Ukraina boʻlimini tashkil etish tashabbuskori, asoschisi va boshqaruvi raisi.

Ukraina janubida zamonaviy kompozitsiya maktabini yaratib, koʻplab oʻquvchilarga saboq bergan, ular orasida bastakorlar, Milliy mukofotlar va Xalqaro tanlovlar sovrindorlari, jumladan, S.Azarova ham bor.

Orkestr, kamer ansambllari, vokal, fortepiano, organ uchun 70 dan ortiq musiqiy asarlar yozgan, shuningdek, uchta operaning muallifi[2].

  • Yerevandagi „Talabalar bahori“ Butunittifoq festivalining uchinchi mukofoti (1978);
  • Moskvadagi Butunittifoq kompozitorlar tanlovining ikkinchi mukofoti (1978);
  • Drezdendagi Karl-Mariya fon Veber tanlovining ragʻbatlantiruvchi mukofoti (1983);
  • Fransiyadagi Xalqaro fortepiano tanlovi mukofoti (1990, 1993);
  • Boris Lyatoshinskiy nomidagi Ukraina milliy mukofoti (2001)[3];
  • Ukrainaning xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (2006);
  • „Intellektual jasorat uchun“ ordeni (2012);
  • Taras Shevchenko nomidagi Ukraina milliy mukofoti (2024)[4]