ANNOUNCED: Karina Akopova | Tech News Today
| Karina Akopova | |
|---|---|
|
Karina Akopova va Nikita Raxmanin 2025 Skate America musobaqasida qisqa dasturdan soʻng | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Asl ismi | Карина Тиграновна Акопова (ruscha) |
| Toʻliq ismi | Karina Tigranovna Akopova |
| Davlat |
|
| Tavalludi |
16-iyun 2003-yil Moskva, Rossiya |
| Ona shahri | Sochi, Rossiya |
| Boʻyi | 1.53 m |
| Sherigi |
Nikita Raxmanin (2020-yildan beri) Maksim Shagalov (2018–2020) Timofey Kuznetsov (2016–2017) |
| Murabbiyi |
Fedor Klimov Dmitriy Savin |
| Jamoasi | Armaniston |
| Uchishni boshlagan | 2008 |
Karina Tigranovna Akopova (ruscha: Карина Тиграновна Акопова, armancha: Կարինա Տիգրանի Ակոպովա; 2003-yil 16-iyunda tugʻilgan) hozirda Armaniston nomidan ishtirok etuvchi figurali uchuvchi. Hozirgi kunda musobaqalardagi jufti Nikita Raxmanin boʻlib, u bilan birga 2026-yilda Armaniston chempioni boʻlgan. Shuningdek, Armaniston nomidan figurali uchish boʻyicha 2026-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan.
Akopova Raxmanin bilan Rossiya nomidan musobaqada ishtirok etib, 2021-yilgi Budapesht kubogi chempioni, 2021-yilgi Denis Ten xotira musobaqasi chempioni hamda 2022-yilgi kubok chempioni boʻlgan.
Sobiq jufti Maksim Shagalov va Karina Akopova 2019-yilgi Volvo ochiq kubogida kumush medal, shuningdek, 2020-yilgi Bavariya ochiq musobaqasi bronza medali sohibi boʻlishgan.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Karina Akopova 2003-yil 16-iyunda Rossiyaning Moskva shahrida tugʻilgan. Ota-onasining ajdodlari armanistonliklar boʻlgan[1][2]. Onasining oilasi Birinchi Togʻli Qorabogʻ urushi tufayli koʻchirilib, 1988-yilda Rossiyaga joylashgan. Akopovaning familiyasi sovet davrida ruslashtirish va maʼmuriy bosim natijasida ruscha shaklga ega boʻlgan[3].
Sportchi ilgari Sport va turizm boʻyicha Kuban universitetida oʻqigan. U rus, arman va ingliz tillarida soʻzlasha oladi[4][5][3].
2019-yildan beri Akopova sportdagi jufti Nikita Raxmanin bilan munosabatda[2][6].
U 2014-yilgi Qishki Olimpida oʻyinlari chempioni boʻlgan juftlik Volosozhar va Trankovni oʻziga ibrat sifatida koʻrsatadi[7].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Akopova 2008-yilda 5 yoshida konkida uchishni oʻrganishni boshlagan[1][4]. Dastlab figurali uchish boʻyicha bir necha murabbiylari uni boshqa sportchilarga nisbatan ancha kech faoliyatini boshlagani sababli bu sport turi bilan professional shugʻullanishiga qiziqish bildirmagan. Oxir-oqibat, Akopovaga murabbiy Irina Borisovna Straxovaning guruhiga sinov mashgʻulotiga borish tavsiya etilgan. Shundan keyin u Akopovani shogird sifatida qabul qilgan. Akopovaning juftlik yoʻnalishidagi salohiyatini koʻrgan Borisovna Straxova keyingi 8 yil davomida uni shu yoʻnalish boʻyicha tayyorlab borgan. Shundan soʻng Stanislav Morozov Akopova bilan bogʻlanib, uni Nina Mozerning figurali uchish maktabida juftlik bahslari boʻyicha mashgʻulotiga taklif qilgan. Sinov muvaffaqiyatli oʻtgan va Morozov uni shogirdlikka olishga rozi boʻlgan[4][8].
6 oydan keyin, Akopovaga murabbiy Andrey Pachin murojaat qilib, oʻz shogirdi Hektor Giotopulos Mur (Avstraliya) bilan juftlikda sinovdan oʻtishni taklif qilgan. Muvaffaqiyatli sinovdan soʻng juftlik 1 oy davomida Moskvada shugʻullangan, soʻngra uning transfer masalasini muhokama qilish uchun Ice Skating Australia bilan kelishuv olib borish maqsadida Avstraliyaga uchishgan. 3 oy qoʻshimcha tayyorgarlikdan soʻng, Akopova onasidan Rossiya figurali uchish federatsiyasi uni qoʻyib yuborishdan bosh tortgani haqida xabar olgan[4]. Natijada, Akopova Moskvaga qaytib kelgan va oxir-oqibat Timofey Kuznetsov bilan juftlik tuzilgan[8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Karina AKOPOVA / Nikita Rakhmanin: 2025/2026“. International Skating Union. 2025-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ 2,0 2,1 „A Miracle for Karina Akopova & Nikita Rakhmanin“. International Skating Union. International Skating Union. Qaraldi: 2026-yil 7-yanvar.
- ↑ 3,0 3,1 Bagdasarova, Maria „Karina Akopova & Nikita Rakhmanin’s Long Road to Armenia and Olympic Ice“. Europe on Ice. Europe on Ice. Qaraldi: 2026-yil 15-fevral.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 Чернышова-Мельник, Марина „Счастливая жизнь в Сочи и настрой на прокаты с помощью еды. Акопова и Рахманин раскрывают секреты“. Match TV. Match TV. Qaraldi: 2026-yil 7-yanvar.
- ↑ „🇦🇲⛸️Karina Akopova/Nikita Rakhmanin of Armenia - Skate To Milano Olympic Qualifier - Press Conference“. YouTube. CGTM Sports Scene. Qaraldi: 2026-yil 7-yanvar.
- ↑ Rakhmanin, Nikita „Two years as one day❤️Love you❤️“. Instagram. Instagram. Qaraldi: 2026-yil 7-yanvar.
- ↑ Логинова, Анастасия „«Трусова нравится максимализмом. Хочу, чтобы она выиграла Олимпиаду». Юные звезды сборной России Акопова/Рахманин“. Sport 24. Sport 24. Qaraldi: 2026-yil 7-yanvar.
- ↑ 8,0 8,1 „Karina Akopova - Акопова Карина Тиграновна“. All Skaters Info. All Skaters Info. Qaraldi: 2026-yil 7-yanvar.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda „Karina Akopova“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
- Karina Akopova va Nikita Raxmanin Xalqaro konkida uchish ittifoqi saytida
- Karina Akopova va Nikita Raxmanin Skating Scores saytida (Armaniston uchun)
- Karina Akopova va Nikita Raxmanin Skating Scores saytida (Rossiya uchun)
- Karina Akopova va Maksim Shagalov Xalqaro konkida uchish ittifoqi saytida
- Karina Akopova va Maksim Shagalov Skating Scores saytida
- Karina Akopova va Timofey Kuznetsov Skating Scores saytida
- Karina Akopova sayti Milano Cortina 2026da
- Karina Akopova Olympics.comda
- Karina Akopova Instagram sahifasi