NEW: Kanpur | Breaking Tech News
Kanpur — Hindistonning shimoliy qismidagi shahar. Uttar-Pradesh shtatida, Gang daryosi sohilida. Aholisi 2 mln. kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Muhim transport yoʻllari tuguni. Mamlakatning Gang vodiysidagi yirik sanoat va savdo markazi. Sanoatining yetakchi tarmoqlari — toʻqimachilik (jun va ip gazlama) va koʻn poyabzal. Mineral oʻgʻitlar ishlab chiqariladi. Metallsozlik, aniq va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, aviasozlik, radioelektronika, kimyo sanoati, trikotaj va oziq-ovqat korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Universitet, Markaziy toʻqimachilik, Texnologiya institutlari bor. Shaharga 18-asrda asos solingan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Hindiston geografiyasiga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |