JUST IN: Kalxatlar - The Verge Report
| Black kite, (Milvus migrans) | |
| Biologik klassifikatsiya | |
|---|---|
| Falco milvus Linnaeus, 1758 | |
Kalxatlar (Milvus) — qarchigʻaysimonlar oilasiga mansub qushlar urugʻi. Yevropa, Osiyo, Afrika, Avstraliya va Amerikada keng tarqalgan. 5 turi bor. Oʻrta Osiyoda qora kalxat yashaydi; mart oyi boshlarida uchib keladi. Uyasini suvga yaqin baland daraxtlarga, qoyalarga quradi. Aprel—mayda 2—4 ta tuxum qoʻyadi. Umurtqali mayda hayvonlar, baliqlar va hasharotlar bilan oziqlanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Qushlar haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |