BREAKING: Joma - What You Need To Know

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Joma
Technology news and reviews image
Turi biznes va korxona[1]
Tarmogʻi Sport buyumlarini ishlab chiqarish
Qachon asos solingan 1965
Asoschi(lari) Fructuoso Lopez
Mahsulot(lar)i Sport buyumlari
Vebsayti joma-sport.com

Joma (ispancha talaffuzi: [ˈxoma] – Homa) – ispan sport kiyimlari va poyabzallar ishlab chiqaruvchisi. Bosh ofisi Ispaniyaning Toledo provinsiyasidagi Portillo de Toledo shahrida joylashgan. Kompaniyaning nomi taʼsischisining oʻgʻli Jose Manueldan kelib chiqqan boʻlib, u hozirda kompaniya prezidentidir[2].

Kompaniya 1965-yilda yilda Fructuoso Lopez tomonidan tashkil etilgan. Dastlab oddiy poyafzal ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniya xodimlari atigi 8 kishidan iborat edi. 1968-yilda brend sport va dam olish poyabzali segmentiga eʼtibor qaratishga qaror qildi. 1980-yilda kompaniya birinchi marta Myunxendagi ISPO (Xalqaro sport kiyimlari va anjomlari koʻrgazmasi)da taqdimot qildi. U paytda zavodida 70 dan ortiq kishi ishlagan. 50 yillik faoliyati davomida Joma xalqaro darajadagi kompaniyaga aylandi[3]. Hozirda futbol, basketbol, qoʻl toʻpi, voleybol va yengil atletikaga ixtisoslashgan. U koʻplab mamlakatlar Olimpiya qoʻmitalari rasmiy homiysi hisoblanadi. Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiadada brend Ispaniya, Portugaliya, Meksika, Bolgariya va boshqa Olimpiya qoʻmitalari homiysi boʻldi.