REVEALED: Jin Yang | Tech Insider
| Jin Yang | |
|---|---|
|
| |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Davlat |
|
| Tavalludi |
16-may 1994-yil Harbin |
| Sherigi | Peng Cheng |
| Oldingi sheriklari | Yu Xiaoyu |
| Murabbiyi | Hongbo Zhao, Bin Yao, Bing Han |
| Jamoasi | Beijing Century Star FSC |
| Shaxsiy rekordlari | |
| Qisqa dastur | 76.71 |
| Erkin dastur | 141.21 |
Jin Yang (xitoycha:金杨; Harbin shahrida tugʻilgan) — Xitoy vakili sifatida juftlikda konkida uchish musobaqalarida qatnashuvchi figurali uchuvchi. Sherigi Peng Cheng bilan birga ikki karra Toʻrt qitʼa chempionatining medali sohibi (2020-yilda kumush, 2019-yilda bronza), ikki karra Gran-pri finalining kumush medali sovrindori (2018-19, 2019-20) va 2017-yilgi qishki Osiyo oʻyinlari kumush medali sohibi boʻlgan. Peng / Jin juftligi Xitoyni 2018-yilgi qishki Olimpiada va 2022-yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarida himoya qilgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2016 — 2017-yilgi mavsum
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jing yang 2016-yil 14-aprelda Peng bilan juftlik hosil qilgan[1][2].
Peng / Jin juftligi 2016 Cup of China va 2016 NHK Trophy musobaqalarida ikkita kumush medal bilan Gran-prida debyut qilgan va Gran-pri finalida oltinchi oʻrinni egallagan. 2017-yilgi Xitoy chempionatida juftlik oʻzlarining birinchi milliy chempionlikni qoʻlga kiritdilar.
Juftlik 2017-yilgi Toʻrt qitʼa chempionatida qatnashib, Xalqaro konkida uchish ittifoqi chempionatining birinchi musobaqasi ishtirok etib, beshinchi oʻrinni egallagan. 2017-yilgi qishki Osiyo oʻyinlarida Peng / Jin juftligi Yu / Chjan juftligidan keyin kumush medalni qoʻlga kiritgan. Shu bilan ularning mavsumi yakunlangan.
Juftlik 2017 CS Finlandia Trophy sovrinini qoʻlga kiritgan, bu sovrin ularning birgalikdagi birinchi xalqaro oltin medali edi. Gran-pri musobaqasida ular yaxshi ishtirok etmagan — Peng / Jin juftligi 2017 Skate America va 2017 Internationaux de France musobaqalarida beshinchi oʻrindan joy olgan. 2018-yilgi Xitoy chempionatida juftlik Yu / Chjan juftligidan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan va 2018-yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga Xitoy terma jamoasiga kiritilgan
Peng / Jin juftlgi Pxyonchxanda boʻlib oʻtgan juftlikda konkida uchuvchilar musobaqasida qatnashib, oʻn yettinchi oʻrinni egallagan. Juftlikning mavsumi 2018-yilgi Jahon chempionatida yakunlangan va ular chempionatda toʻqqizinchi oʻrinni egallagan.
Dasturlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Peng bilan
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Mavsum | Qisqa dastur | Erkin dastur |
|---|---|---|
| 2022-2023 |
|
|
| 2021-2022 |
|
|
| 2020-2021 |
|
|
| 2019-2020 |
|
|
| 2018-2019 |
|
|
Natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Peng bilan
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Xalqaro | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Musobaqa | 16-17 | 17-18 | 18-19 | 19-20 | 20-21 | 21-22 | 22-23 |
| Olimpiada | 17 | 5 | |||||
| Jahon chemp | 9 | 4 | C | 5 | |||
| Toʻrt qitʼa | 5 | WD | 3 | 2 | |||
| GP finali | 6 | 2 | 2 | ||||
| Chinese Cup | 2 | 2 | 1 | C | |||
| GP Finlandiya | WD | ||||||
| GP Fransiya | 5 | WD | WD | ||||
| GP Italiya | 2 | ||||||
| GP NHK Trophy | 2 | 2 | |||||
| GP Skate America | 1 | ||||||
| GP Skate Canada | 5 | 2 | |||||
| CS Asian Open | 1 | ||||||
| CS Finlandiya | 1 | ||||||
| CS US Classic | 3 | ||||||
| Osiyo oʻyinlari | 2 | ||||||
| Shanxay kubogi | 2 | 1 | |||||
| Milliy | |||||||
| Xitoy chemp. | 1 | 2 | 1 | 1 | |||
| WD = Musobaqani tark etgan; C = Musobaqa bekor qilindi. | |||||||
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „International Figure Skating | Facebook“. Facebook. International Figure Skating magazine (2016-yil 14-aprel). Qaraldi: 2016-yil 28-aprel.
- ↑ „Nelle notizie di aprile tiene banco la rivoluzione tra le coppie di artistico cinesi“ (it). Neveitalia (2016-yil 27-aprel). Qaraldi: 2016-yil 28-aprel.