VIRAL: Jasurbek Abdurayimov | Tech News Today
| Jasurbek Odilovich Abdurayimov | |
|---|---|
|
| |
|
Mansab davri 2018-yil 25-maydan - hozirgi vaqtga qadar | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | O‘tkirbek Bektemirov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
1979-yil 19-oktyabr Baliqchi tumani |
| Millati | o‘zbek |
| Kasbi | agronom |
| Dini | islom |
| Maʼlumoti | oliy |
| Mukofotlari | "Shuhrat" medali |
Jasurbek Odilovich Abdurayimov () – (1979-yil 19-oktyabr, Baliqchi tumani, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbek davlat arbobi, 2018-yil 25-maydan buyon Baliqchi tumani hokimi.[1]
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jasurbek Odilovich Abdurayimov 1979-yil 19-oktyabrda Andijon viloyati, Baliqchi tumanida tugʻilgan. 2000-yilda Andijon qishloq xoʻjaligi institutini agronomiya yoʻnalishini tamomlagan. 2020-yilda "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan[2]. Jasurbek Abdurayimov ilk mehnat faoliyatini 1994-yilda Andijon viloyati Boʻston shirkatlar uyushmasi „Aralxon“ shirkati ishchiligidan boshlagan. 1998-2000-yillarda Baliqchi tumani qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi mutaxassisi, dehqonchilik boʻlimi 1-toifali mutaxassisi, 2000-2001-yillarda Baliqchi tumani „Olimbek“ shirkat xoʻjaligi agronomi lavozimlarida ishlagan.
2001-2003-yillarda "Oʻzmevasabzavot" uyushmasi ishlab chiqarish, tayyorlash va qayta ishlash boʻlimi yetakchi mutaxassisi, 2003-2014-yillarda Gʻoʻza urugʻchiligi Respublika markazining 1-toifali ish yurituvchisi, bosh mutaxassisi, boʻlim boshligʻi, 2014-2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Paxtachilik va texnika ekinlarini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari vazifalarida mehnat qilgan.
2017-2018-yillarda esa Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari – qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2018-yil 25-may kuni oʻtkazilgan Xalq deputatlari Baliqchi tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi Jasurbek Abdurayimov Baliqchi tumani hokimi etib tayinlangan[3].
Jasurbek Abduraimovning otasi Odiljon Abdurayimov ham bir vaqtlar Baliqchi tuman hokimi, keyinchalik esa Andijon viloyat hokimining qishloq xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. [4]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Andijonning Baliqchi tumaniga yangi hokim tayinlandi. Uning otasi ham Baliqchida hokimlik qilgan“ (daryo.uz). Qaraldi: 2024-yil 15-iyul.
- ↑ „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma toʻqqiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida“ (president.uz). Qaraldi: 2024-yil 15-iyul.
- ↑ „Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari viloyatning eng katta tumanlaridan biriga hokim etib tayinlandi“ (kun.uz). Qaraldi: 2024-yil 15-iyul.
- ↑ „Hokimning o‘g‘li hokim bo‘ldi“ (xabar.uz). Qaraldi: 2024-yil 15-iyul.
