SHOCKING: Janubiy Xitoy dengizi - What You Need To Know
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
| | |
| Joylashuvi | Sharqiy Osiyo va Janubiy-Sharqiy Osiyo |
| Okean tipi | dengiz |
| Havzaga aloqador oʻlkalar | |
| Yuzasi | 3,500,000 square kilometre (1,400,000 kv mi) |
| Orollari | Janubiy Xitoy dengizidagi orollar roʻyxati |
| Aholi punktlari | Major cities
|
| Yoriqlari | Manila xandaqi |
Janubiy xitoy dengizi – Tinch okean gʻarbidagi yarim yopiq dengiz. Janubiy-Sharqiy Osiyo sohili bilan Tayvan, Luson, Palavan va Kalimantan orallari oraligʻida joylashgan. Maydoni –3,500,000 square kilometre (1,400,000 kv mi); hajmi – 3622 ming km3. Chuqurligi janubi-gʻarbida 200 m, shimoli-sharqda 5560 m gacha, oʻrtacha chuq. 1140 m. Janubiy Xitoy dengiziga Sinszyan, Xongxa, Mekong, Menam va boshqa daryolar quyiladi. Qirgʻogʻi ancha tekis. Yirik qoʻltiqlari: Bakbo va Siyam. Eng yirik oroli — Xaynan. Mayda orollarning koʻpchiligi marjon orollardir. Suv osti zilzilalari va vulqon otilishlari boʻlib turadi. Iqlimi subekvatorial iqlim. Qishda shimoli-sharqiy, yozda janubiy va janubiy-gʻarbiy shamollar esadi. Yoz va kuzda tez-tez tayfunlar boʻlib turadi. Dengiz suvining oʻrtacha temperaturasi fevralda 20—28°, avgustda 28—29°. Shoʻrligi 32—34 promilli. Yogʻingarchilik yiliga 2000-2500 mm ni tashkil etadi. Suv qalqishi 5,9 m gacha boʻlishi mumkin. Dengizda baliq va boshqa dengiz hayvonlari ovlanadi.
Yirik portlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bangkok
- Xoshimin
- Syangan
- Guanchjou
- Shantou
- Xayfon
- Manila
Janubiy Xitoy dengizidan muhim xalqaro dengiz yoʻllari oʻtgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Geografiyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |