LEAKED: Jannat qidirganlar | Tech Insider

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Jannat qidirganlar
Fayl:Jannat qidirganlar.jpg.webp
yangi nashrlardan birining muqovasi
Muallif(lar) Shuhrat
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i roman
Nashr etilgan sanasi 1968
Avvalgisi „Oltin zanglamas“

Jannat qidirganlar“ — oʻzbek yozuvchisi Shuhrat qalamiga mansub roman. Ilk bor 1968-yil Toshkent shahrida chop etilgan. Bir necha marta turli nashriyotlarda, jumladan, Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida hamda „Qaldirgʻoch“ nashriyotida qayta nashr etilgan. „Jannat qidirganlar“ romani „Oltin zanglamas“ romanining mantiqiy davomi hisoblanadi[1]. Roman oʻzbek oʻquvchilari orasida yaxshi tanilgan. Ayrimlar romanni Shuhratning shoh asari deb hisoblaydi[2]. „Qaldirgʻoch“ nashriyoti romanni „Oʻzbek adabiyoti oltin fondi“ turkumiga kiritgan[3].

„Jannat qidirganlar“ romanida vatangadolik fojealari badiiy ifodasini topgan. Xususan, romanda haqiqat (jannat) axtarib yashovchi kishilarning ikki xil koʻrinishi tasvirlangan. Romanda muallif Sovet Ittifoqi davrida inson haq-huquqlarining toptalishini oʻzi guvoh boʻlgan voqealarni umumlashtirgan holda tasvirlagan. Eʼtiqod, vatanparvarlik, vijdon amrini har bir kishining jamiyatdagi mavqei va insoniy qadr-qimmatini belgilovchi muhim maʼnaviy qadriyatlar sifatida talqin etgan. Roman nashr etilgandan keyin ayrimlar muallifni millatchilikda ayblagan[4].

  1. Усмонова, Н. „Тенгсиз матонат тимсоли“. ЎзА (19-aprel 2024-yil). Qaraldi: 24-sentabr 2025-yil.
  2. Soatova, N.I. (2021). „Бадиий тасвирда адибнинг эстетик қарашлари“. ФарДУ илмий хабарлари. 210–213-bet.
  3. Saydazzamova, Chamangul „«Stuli kresloga aylanishi»ni istovchi yoxud “Jannat qidirganlar” haqida asar“. Samarqand davlat universiteti. Qaraldi: 24-sentabr 2025-yil.
  4. „Shuhrat (1918–1993)“. Saviya (2017-yil 2-oktyabr). 2021-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-dekabr.