URGENT: James McCarthy - The Verge Report
James McCarthy (talaffuzi: Jeyms Makkarti; 1990-yil 12-noyabrda Shotlandiyada tugʻilgan) — shotlandiyalik futbolchi, Shotlandiyaning „Celtic“ futbol klubi va Irlandiya terma jamoasi yarim himoyachisi.
|
| |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | James Patrick McCarthy | ||
| Tavallud sanasi | 12-noyabr 1990-yil | ||
| Tavallud joyi | Glasgow, Shotlandiya | ||
| Boʻyi | 1.80m | ||
| Ampluasi | himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Celtic | ||
| Raqami | 16 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| Hamilton Academical | |||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2006—2009 | Hamilton Academical | 95 | (13) |
| 2009—2013 | Wigan Athletic | 120 | (7) |
| 2013—2019 | Everton | 108 | (6) |
| 2019—2021 | Crystal Palace | 49 | (0) |
| 2021— | Celtic | 15 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2007 | Irlandiya Respublikasi U17 | 3 | (1) |
| 2007 | Irlandiya Respublikasi U18 | 2 | (2) |
| 2007—2008 | Irlandiya Respublikasi U19 | 2 | (0) |
| 2008—2011 | Irlandiya RespublikasiU21 | 7 | (1) |
| 2010— | Irlandiya Respublikasi | 43 | (0) |
|
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (15-oktyabr uchun) | |||
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]James McCarthyning birinchi professional futbol klubi „Hamilton Academical“ boʻlib, u yerda 2006-yilda oʻynay boshlagan. James McCarthy jamoada 100 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan[1].
2009-yil 16-iyulda Angliyaning „Wigan Athletic“ futbol klubidan James McCarthyni sotib olish taklifi tushgan va futbolchi besh kundan keyin „Wigan Athletic“ futbol klubiga ko‘chgan. Transfer narxi 1,2 million funt sterlingni tashkil etgan[2]. James McCarthy „Wigan Athletic“ futbol klubida toʻrt mavsum davomida premyer ligada oʻynagan. 2012—2013-yilgi mavsumda u jamoa tarkibida Angliya kubogi sohibiga aylangan. Futbolchi 2013—2014-yilgi mavsumni „Wigan Athletic“ futbol klubida boshlagan, ammo 2-sentyabr kuni 13 million funt sterling evaziga mavsum boshlanishidan oldin „Wigan Athletic“ futbol klubi futbolchini „Everton“ futbol klubiga sotgan[3]. Umuman olganda, barcha turnirlarda James McCarthy 133 ta oʻyin oʻtkazib, 8 ta gol urgan. Futbolchining „Everton“ futbol klubidagi debyuti 2013-yilning 14-sentyabrida „Chelsea“ futbol klubiga qarshi oʻyinda amalga oshirgan. Shuningdek, 2013—2014-yilgi mavsumda James toʻrtta Angliya kubogi va bir marta Liga kubogi oʻyinida ishtirok etgan. 2014—2015-yilgi mavsumda James McCarthy premyer liganing 28 uchrashuvida maydonga tushib, ikkita gol urgan. Qolaversa, futbolchi faoliyatida ilk bor Yevropa ligasida maydonga tushgan edi[4].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2007-yilda James McCarthy Irlandiyaning 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida oʻynash taklifini qabul qilgan. James McCarthy 2008-yilgacha Irlandiyaning turli yoshlar jamoalarida oʻynagan. 2008—2012-yillarda Irlandiya yoshlar terma jamoasi safida 7 oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan.
2010-yilning mart oyida u Irlandiya terma jamoasi safida Braziliyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan. James McCarthy Irlandiya terma jamoasi safida Makedoniyaga qarshi EURO-2012 saralash oʻyinida maydonga tushgan.
Irlandiyaliklar uchun 2014-yilgi Jahon chempionati saralash turnirida James McCarthy 10 ta oʻyindan 9 tasida ishtirok etgan.
Statistika
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Jamoa | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Xalqaro kubok | Boshqa | Jami | |||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
| Hamilton Academical | 2006—2007 | 23 | 1 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 24 | 2 |
| 2007—2008 | 35 | 6 | 2 | 0 | 5 | 1 | 1 | 0 | 43 | 7 | |
| 2008—2009 | 37 | 6 | 3 | 0 | 3 | 0 | — | 43 | 6 | ||
| Jami | 95 | 13 | 6 | 1 | 8 | 1 | 1 | 0 | 110 | 15 | |
| Wigan Athletic | 2009—2010 | 20 | 1 | 3 | 1 | 1 | 0 | — | 24 | 2 | |
| 2010—2011 | 24 | 3 | 1 | 0 | 2 | 0 | — | 27 | 3 | ||
| 2011—2012 | 33 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | — | 34 | 0 | ||
| 2012—2013 | 38 | 3 | 4 | 0 | 0 | 0 | — | 42 | 3 | ||
| 2013—2014 | 5 | 0 | — | — | 1 | 0 | 6 | 0 | |||
| Jami | 120 | 7 | 8 | 1 | 4 | 0 | 1 | 0 | 133 | 8 | |
| Everton | 2013—2014 | 34 | 1 | 4 | 0 | 1 | 0 | — | 39 | 1 | |
| 2014—2015 | 28 | 2 | 0 | 0 | 1 | 0 | 8 | 0 | 37 | 2 | |
| 2015—2016 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | |
| Jami | 65 | 3 | 4 | 0 | 2 | 0 | 8 | 0 | 79 | 3 | |
| Umumiy faoliyatida | 280 | 23 | 18 | 2 | 14 | 1 | 10 | 0 | 322 | 26 | |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „https://www.celticfc.com/news/2021/august/Double-signing-delight-as-Joe-Hart-and-James-McCarthy-join-Celtic/“.
- ↑ „McCarthy agrees £1.2m Wigan move“ (en). BBC Sport (2009-yil 20-iyul). 2013-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-avgust.
- ↑ „Blues Confirm Five Deals“ (en). Официальный сайт ФК «Эвертон» (2013-yil 2-sentyabr). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-avgust.
- ↑ „http://www.independent.ie/sport/soccer/face-of-the-future-1252257.html“.
