TECH NEWS: Jahongir G%CA%BBaniyev | Tech Insider
- Vikipediyada ismi Jahongir va familiyasi Gʻaniyev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Jahongir Dunanovich Gʻaniyev | |
|---|---|
|
Mansab davri 2018-yildan – 19-noyabr 2023-yilgacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Dilshod Ahatov |
| Vorisi | Farrux Tursunov |
|
Mansab davri 2007-yildan – 2015-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | ? |
| Vorisi | Otabek Akbarov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
20-oktyabr 1955-yil Buxoro |
Jahongir Dunanovich Gʻaniyev — oʻzbek diplomati, biolog. 2018—2023-yillarda Oʻzbekistonning Ispaniyadagi elchisi[1], 2007—2015-yillarda esa Italiya davlatidagi elchisi[2].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Buxoroda tugʻilgan. 1978-yilda Moskva davlat universiteti biologiya fakultetini, 1988-yilda BMT ekspertlarining maxsus kurslarini tamomlagan. Oʻzbekiston Respublikasining AQSH, Angliya va Avstriyadagi elchixonalarida, Oliy Majlis kotibiyatida ishlagan. 2007-yildan 2015-yilgacha — Oʻzbekistonning Italiyadagi elchisi. 2015—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Ispaniyadagi Muvaqqat ishlar vakili. 2018-yil 9-sentyabrdan 2023-yil 19-noyabrgacha Oʻzbekistonning Ispaniyadagi elchisi boʻlgan[3][4][1].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uch nafar farzandi bor. Gabriel García Márquezning Yolgʻizlikning yuz yili romanini sevib oʻqishini aytgan[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Ўзбекистон элчиси Испаниядаги миссиясини якунламоқда“. «Дунё» АА (25-mart). Qaraldi: 25-mart.
- ↑ „Министерство иностранных дел Республики Узбекистан“. 2023-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-may.
- ↑ http://uzembassy.it/page/424
- ↑ „O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi missiyasini yakunlamoqda“.
- ↑ „Oʻzbekistonda rahbarlar qaysi kitoblarni sevib oʻqiydi?“. 2023-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-may.


