VIRAL: Ivan Korshunov | Tech Insider

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ivan Korshunov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ivan Konstantinovich Korshunov
Tavallud sanasi 7-mart 2002-yil (2002-03-07) (24 yosh)
Tavallud joyi Sankt-Peterburg, Rossiya
Boʻyi 1.73 m
Ampluasi Chap qanot vingeri
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Gʻazalkent
Raqami TBD
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000–2019 FC Zenit Sankt Peterburg
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2019–2022 FC Zenit Sankt Peterburg 0 (0)
2021   FC Irtish Omsk 14 (1)
2022 FC Zenit-2 Sankt-Peterburg 2 (0)
2022 FC SKA-Xabarovsk 1 (0)
2022 FC SKA-Xabarovsk-2 17 (0)
2023–2024 FC Dinamo Sankt-Peterburg 15 (0)
2024– 2DROTS Moskva 6 (2)
Milliy terma jamoa
2017 Rossiya U16 4 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2023-yil 12-noyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2017-yil 29-noyabr uchun)

Ivan Konstantinovich Korshunov (ruscha: Иван Константинович Коршунов; 2002-yil 7-martda tugʻilgan) — rossiyalik futbolchi. Oʻzbekiston Pro ligasi ishtirokchisi Gʻazalkent klubida hujumchi pozitsiyasida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ivan Sankt-Peterburgning Zenit klubining akademiyasida taʼlim olgan. U Zenit Sankt-Peterburg yoshlar va oʻsmirlar jamoalarida oʻynagan. 2021-yil fevral oyida Rossiya Futbol Milliy Ligasi ishtirokchisi boʻlgan FC Irtysh Omsk klubiga ijaraga berilgan[1].

U Rossiya Futbol Milliy Ligasida debyutini 2021-yil 27-fevralda Nefteximik Nijnekamsk klubiga qarshi oʻyinda FC Irtysh Omsk safida oʻtkazgan[2].

Zenit Sankt-Peterburg kubi bilan shartnoma imzolash bilan bir qatorda, Media Ligasida 2DROTS jamoasi safida oʻynagan. Uning bu harakatlari esa Zenit rahbariyati tomonidan maʼqullanmagan. Ivan 2022-yil yozida Sankt-Peterburg klubi bilan shartnomasini yangilamaslikka qaror qilgan va FC SKA-Xabarovskga oʻtgan. Yangi jamoasi bilan 2+2 yillik shartnoma imzolagan[3].

Andoza:Gʻazalkent futbol klubi tarkibi